GIE

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi
markaziy apparatining vakant
lavozimlariga qo‘yiladigan
MALAKA TALABLARI

Moliya-iqtisod bo‘limi boshlig'i

Mezonlar

Umumiy malaka talablari

Ma’lumot

Oliy

Bakalavr yoki undan yuqori darajaga ega bo‘lishi lozim.

Mutaxassislik

Moliya va moliyaviy texnologiyalar,- Iqtisodiyot, Buxgalterlik hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha), Buxgalterlik hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha),

Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning imkoniyatlari teng bo‘lgan taqdirda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi. Bunda qo‘shiladigan ball Tanlov komissiyasi har bir a’zosi tomonidan baholash mezonidan kelib chiqib suhbat natijasini qayd etish varaqasiga kiritiladi.

Mehnat staji

Sohada kamida 5 yillik amaliy mehnat stajiga ega bo‘lishi, shundan kamida 2 yili boshqaruv lavozimi bo‘lishi

Temir yo‘l transportida soha va mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega, shundan kamida 2 yili boshqaruv lavozimi ish stajidan iborat    bo‘lishi lozim.

Davlat tilini bilishi

Davlat tilini bilishi (O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatiga ega bo‘lishi afzalliklar beradi)

Suhbat jarayonida og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini uzviy ifoda eta olishi lozim. Bunda Tanlov komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatiga ega bo‘lgan xodimi a’zo sifatida kiritilib, u tomonidan baholanadi. Qo‘shiladigan ball Tanlov komissiyasi har bir a’zosi tomonidan baholash mezonidan kelib chiqib suhbat natijasini qayd etish varaqasiga kiritiladi.

Xorijiy tilni bilish darajasi

Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi

Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning imkoniyatlari teng bo‘lib qolgan taqdirda xorijiy tilni bilish darajasi belgilangan IELTS, TOEFL, IBT, CEFR kabi sertifikatlarning darajasiga qarab yuqori darajaga ega bo‘lgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi. Bunda qo‘shiladigan ball Tanlov komissiyasi har bir a’zosi tomonidan baholash mezonidan kelib chiqib suhbat natijasini qayd etish varaqasiga kiritiladi.

Kompyuter savodxonligi

Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi

MS Office ilovalari hamda Internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Nomzodning test sinovi bosqichida AKT yo‘nalishida berilgan savollarga javobi suhbat jarayonida inobatga olinadi. Bunda test sinovi natijasi bo‘yicha qo‘yiladigan ball baholash mezonidan kelib chiqib suhbat natijasini qayd etish varaqasiga kiritiladi.

Qo‘shimcha talablar

Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, shtatlar jadvalini ishlab chiqish, moliyaviy hisobotlar, xaridlar rejalari va xarajatlar smetasini ishlab chiqish hamda rasmiylashtirish tartibini bilishi.

1.  Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va buning asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.

2. Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lishi.

3. Hujjatlar aylanmasi va ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni, shuningdek ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.

4. Murojaatlar bilan ishlash, hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda rahbarlik ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

Temir yo‘l transporti sohasiga, tadbirkorlik sub’ektlarida nazorat tadbirlarini amalga oshirish, hamda korrupsiyaga qarshi qonunchilik hujjatlarini, shuningdek bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi.

23.09.2024  Chop etish