Сирдарё вилоятида транспорт соҳасида қандай ижобий ишлар амалга оширилмоқда?
Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i J.Karimov boshchiligida, inspeksiya boshqarma va bo‘lim boshliqlari, hudududiy bo‘lim boshliqlari, shuningdek, temir yo‘l korxona rahbarlari birgalikda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialining Xovost temir yo‘l stansiyasi, O‘zbekiston lokomotiv deposining Xovost filiali, Tiklash poezdida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.
Xovost temir yo‘l stansiyasidan har kuni yuk poezdlari qabul qilinib, saralanadi hamda yo‘lovchi poezdlar qatnovi tashkil etiladi.
“Toshkent-Xovost” yo‘nalishida esa har kuni shaharlararo elektropoezd yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Yuk poezdlari qo‘shni Tojikiston Respublikasiga tranzit o‘tadigan va mamlakatimizga kirib keladigan yuk poezdlari qatnovini amalga oshiriladi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan 2023-yil dasturlariga muvofiq qurilishi tugallangan yo‘l ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish hududiy bo‘lim inspektorlarining ishtirokini ham o‘rganib, sifat ko‘rsatkichlarini qonunchilikda beligilangan tartibda nazoratga olish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, Dehqonobod - Guliston yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘nalishli taksi haydovchilari faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida tashuvchilarning taklif, mulohazalari tinglanib, muammoli vaziyatlar yechimi yuzasidan tavsiyalar berildi.
Транспорт назорати инспекцияси
Ахборот хизмати