Inspeksiyaning 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Matbuot anjumani
Tadbir nomi: “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Matbuot anjumani;
Tadbir joyi va vaqti: Milliy matbuot markazida 2020 yil 28 dekabr soat 12.00 da
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-son Farmoni bilan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi.
Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlagan holda Transport vazirligi ixtiyoriga o‘tkazilgan.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 apreldagi 337-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2020 yil 12 oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transportida va temir yo‘l transporti sohasida faoliyat yuritadigan yuridik shaxslarning shoxobcha yo‘llarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan inspeksiya tomonidan 2020 yil davomida vakolatli organni xabardor etish tartibidagi jami 89 ta tekshiruvlar o‘tkazildi. Bu ko‘rsatkich (pandemiya sababli) 2019 yil shu davriga nisbatan 105 taga kam tashkil etildi.
Vakolatli organni xabardor etish tartibida 2020 yil davomida o‘tkazilgan tekshiruvlarda inspeksiya tomonidan temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlarining temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga, temir yo‘l transportining harakatlanuvchi tarkibi, texnik vositalarini saqlash, xizmat ko‘rsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanishga oid normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari ijrosini nazorat etish yuzasidan aniqlagan kamchiliklar soni 7878 tani, shu jumladan taqiqlovchi choralar soni 3020 tani tashkil etdi. Tashkilotlarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 83 ta ko‘rsatmalar kiritildi. 2019 yilning shu davrida aniqlangan kamchiliklar soni 19749 tani, shulardan taqiqlovchi choralar soni 7358 tani tashkil etgan.
Tekshiruv davomida xavfli yuklarni ortish-tushirishni amalga oshirish, temir yo‘lllarda tashishlar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar, poyezdlar harakati xavfsizligini tartibga soluvchi normativ hujjatlarning mavjudligi, xodimlarning bilim darajasi masalallariga alohida eʼtibor qaratildi.
Temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan temir yo‘llarda poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashga va temir yo‘lda tashishlar xavfsizligini taʼminlaydigan texnik vositalarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan kompleks profilaktika chora-tadbirlari belgilangan muddatlarda bajarilishi davlat nazoratini ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan inspeksiya tomonidan muntazam ravishda proflaktik chora-tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
2020 yil davomida 3869 ta proflaktika chora-tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 20556 nafar temir yo‘l transporti xodimlari ishtirok etgan. 2019 yilning shu davrida o‘tkazilgan proflaktika chora-tadbirlari soni 4450 tani, ularda ishtirok etgan xodimlar soni 23808 nafarni tashkil etgan.
Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida (yaʼni Afrosiyob poyezdlari harakatlanadigan uchachtkalarda) 2020 yil davomida 784 ta proflaktika chora-tadbirlarining o‘tkazilgan. Mazkur tadbirlarda seminar mashg‘ulotlari, normativ hujjatlarni amaliyotda qo‘llash, harakat xavfsizligi buzilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy xavfni oldindan oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilgan, 2019 yildagi proflaktik chora-tadbirlari 717 ta tashkil etgan.
Inspeksiya tomonidan qozonxona obyektlari, ko‘tarish inshootlari va o‘lchash tizimlarini saqlash, ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan proflaktik chora-tadbirlar soni 2020 yil davomida 62 ta, ularda ishtirok etgan xodimlar soni 689 nafar, 2019 yil shu davrida 21 ta, ishtirok etgan xodimlar soni 370 nafarni tashkil etgan.
2020 yil davomida 182 ta qozonxona obyektlari, ko‘tarish inshootlarini texnik ko‘rik va sinovlarida ishtirok etilgan bo‘lib, ularda 137 ta kran, 11 ta lift, 3 ta eskalator, 7 ta qozon va 24 ta bosim ostidagi sig‘imlar texnik ko‘rik va sinovdan o‘tkazilgan. 2019 yil shu davrida 820 ta texnik ko‘rik va sinovlar o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 454 ta kran, 9 ta lift, 91 ta qozon va 228 ta bosim ostidagi sig‘imlar texnik ko‘rik va sinovdan o‘tkazilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 maydagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini taʼminlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizom ijrosi yuzasidan 2020 yil davomida Idoralararo komissiya tomonidan 6 ta, 2019 yil shu davrida 5 ta yig‘ilishlar (shu jumladan sayyor yig‘ilishlar) tashkil etildi.
Inspeksiya faoliyati haqida aholiga ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, inspeksiya rasmiy veb-sayti orqali muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborotlar taqdim etib borildi. Turli veb-saytlarda 60 ta, radio va televideniyada 16 ta, gazetalarda 38 ta maqola va xabarlar eʼlon qilindi.
Ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yo‘l sostavi xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Loyihaning maqsadi - inson hayoti va sog‘lig‘ini, jismoniy va yuridik shaxslar, davlatning mol-mulkini himoyalash, atrof muhit, jonivorlar va o‘simliklar hayoti yoki sog‘ligini muhofaza qilish, shuningdek xaridorlar va isteʼmolchilarni (foydalanuvchilarni) uning vazifasi va xavfsizligiga nisbatan adashishiga olib keluvchi harakatlardan ogohlantirish maqsadida, harakatdagi temir yo‘l sostavi va uning tarkibiy qismlari xavfsizligiga loyihalash, ishlab chiqarish va modernizatsiya qilishda qo‘yiladigan yagona majburiy talablarni belgilashdan iborat.
“Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yo‘l sostavi xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament zarar yetkazish xavfi darajasini hisobga olgan holda, harakatdagi temir yo‘l sostavi va (yoki) uning tarkibiy qismlariga qo‘yiladigan, ularning bajarilishi: harakat, nurlanish, portlash, mexanik, yong‘in, termik va elektr xavfsizligini taʼminlaydigan minimal zarur talablarni belgilaydi.
Umumiy texnik reglamentda majburiy talablarning belgilanishi harakatdagi temir yo‘l sostavining xavfsizlik darajasi va sifati oshishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantiradi, Bojxona Ittifoqi aʼzo davlatlarining temir yo‘l transporti sohasidagi xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlardagi talablarni belgilash bo‘yicha yondashuvlarga yaqinlashtiradi, shuningdek muvofiqlikni majburiy tasdiqlashga sarflanadigan sarf-xarajatlarni kamaytirish, iqtisodiy va investitsiya muhitini yaxshilash, qulay innovatsion muhitni yaratishga ko‘maklashadi.
Firdavs Xayriddinov -“O‘ztemiryo‘lnazorat”
inspeksiyasiAxborot xizmati boshlig‘i
Tel. +99891 449 – 93 – 43,
71-299 – 96- 23