Qashqadaryo filialida seminar o‘tkazildi

Temir yo‘l kesishmasi avtotransport vositalari va piyodalar o‘tishi uchun xavfsiz va qulay bo‘lishi, doimo ishchi holatda saqlanishi lozim. Bu boradagi ishlar “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining markaziy apparati va filial xodimlari tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi hamda aholiga muntazam keng tushuntirishlar beriladi.

Jumladan, Qashqadaryo filiali tomonidan o‘zining shaxobcha temir yo‘llariga ega bo‘lgan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ hamda “Dexqonobod kaliy o‘g‘itlar zavodi” aksionerlik jamiyatida seminar tashkil etildi. Unda vagon xo‘jaligi, lokomotiv xo‘jaligi va elektr ta’minoti xo‘jaligi bo‘yicha inspektorlar ishtirok etishdi va o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tushuntirishlar berishdi. Seminar ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan bo‘lib jami 40 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Yig‘ilishda elektr tokidan jabrlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yuk tashishlarni amalga oshirishda yuk vagonlarining nosozliklari, lokomotivlar va vagon harakati tartibiga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashda nimalarga e’tiborli bo‘lishlari lozimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari temir yo‘l kesishmalaridagi noхush holatlar oldini olish maqsadida IIB hodimlari bilan birgalikda avtoxo‘jaliklarda, sanoat korxonalarida, хususiy avtomobil egalari orasida hamda temir yo‘l yaqinida joylashgan mahallalar va ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinadi. Mazkur tadbirlarda yosh bolalar tomonidan temir yo‘llarga turli buyumlar qo‘yish, vagonlarga tosh uloqtirish hollariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tushuntirish ishlari o‘tkazib kelinmoqda.

 

Olim Qurbonazarov
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Qashqadaryo filiali boshlig‘i