Profilaktik tadbirlar xavfsizlikni ta’minlashda muhim!
Inspeksiyaning Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Alisher Narxodjayev joriy yilning 14-15 yanvar kunlari “O‘zbekiston” texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi va “Bo‘z-suv” vagonlarni yuk ortishga tayyorlash shaxobchasi xodimlarining bilimlarini mustahkamlash borasida mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Dastlab, 2019 - yil davomida temir yo‘l xavfsizligi buzilish holatiga olib keluvchi nuqsonlar ko‘rsatib o‘tildi, harakat xavfsizligini buzilishiga yo‘l qo‘yilgan holatlar tahlil qilindi, tushuntirishlar berildi. Bu kabi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi uqtirildi.
Aksariyat xato va kamchiliklar inson omili bilan bog‘liq holda vujudga keladi, - deydi A.Narxоdjayev. Shu bois temiryo‘lchilarning bilimlarini oshirish va mustahkamlash dolzarb vazifalardan sanaladi. Profilaktik tadbirlarda har bir xo‘jalik bo‘yicha xodimlarga batafsil tushuntirishlar berilishi orqali ularning malaksini oshirishga erishilmoqda.
Temir yo‘llarda foydalanish yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan bo‘limlarni vagon xo‘jaligi bo‘yicha harakatdagi tarkibni soz holda ishlatish va ularni ta’minlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Shuningdek, harakat xavfsizligini ta’minlashga oid videolavha namoyish etilib, kerakli ko‘rsatmalar berildi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati