Odob-axloq komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
Yig‘ilishda uchinchi chorak sarhisob qilinib, galdagi vazifalar muhokama qilindi.
Dastlab kun tartibidagi masala yuzasidan inspeksiya boshlig‘i, Odob-axloq komissiyasi shaxsiy tarkibining raisi D.Axmedov so‘zga chiqib quyidagilarni bildirdi.
- Korrupsiyaning oldini olishda va uni bartaraf etishda barcha birdek mas’ul ekanligi va bu borada inspeksiya xodimlari odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya qilishlari lozimligini uqtirdi. Odob-axloq komissiyasi bu boradagi ishlarni muntazam monitoring qilib borishi, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlab, mazkur illatga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Odob axloq komissiyasi chorakni va o‘tgan davrni yakunlab, xodimlar orasida huquqbuzarlikka, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilmaganligini va bundan keyin ham bu kabi holatlar kuzatilmasligi uchun muntazam monitoring ishlari olib borilayotganligini ma’lum qildi. Shuningdek, inspeksiya xodimlarini ishdan uzilmagan holda Bosh prokuratura huzuridagi Akademiyada o‘qitish taklifi bildirdi. Bundan tashqari “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi qoshidagi “O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi”da keyingi yildagi o‘quv-rejasiga odob-axloq qoidalari va korrupsiyani oldini olishga qaratilgan band kiritilishi taklif etildi.
Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha koordinatori F.Xayriddinov joriy yilning o‘tgan vaqti davomida inspeksiya xodimlari o‘rtasida odob-axloq qoidalaridan chetga chiqish holatlari kuzatilmaganligini aytib o‘tdi.
Odob-axloq komissiyasi shaxsiy tarkibining yakdil ovoz berishi natijasida Umumiy yig‘ilish Odob-axloq komissiyasi shaxsiy tarkibining bildirilgan takliflarini ma’qullash, ishga yangi qabul qilingan barcha xodimlar Odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish, Odob-axloq qoidalari buzilish holatlari kuzatilsa, Odob-axloq komissiyasi shaxsiy tarkibi navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilish chaqirib xodimga (xodimlarga) tegishli intizomiy jazolar qo‘llash bo‘yicha inspeksiya boshlig‘iga o‘z xulosasini taqdim etishi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Firdavs Xayriddinov
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati boshlig‘i