Tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan yo‘lovchilarga pullik xizmat ko‘rsatish qonunga xilof!
Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, yo‘lovchi tashuvlarini litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan hududlarda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Yo‘lovchi tashishga qo‘yilgan talablar ijrosi hamda sohada qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘lib borilgan nazorat reyd tadbirlarida aholiga pullik transport xizmatini ko‘rsatuvchi transport vositalarining me’yoriy hujjatlari ko‘zdan kechirildi.