Xavfsizligingizga bafarq bo`lmang!
Xavfsizligingizga bafarq bo`lmang!
Temiryo'l transporti olis manzillarimizni yaqin qilib, bizni bir zumda istagan joyimizga yetkazadi. Biroq, yuqori,tezlik bilan harakatlanuvchi bu transport vositalari qatnovchi temir yo'llarda piyodalar va haydovchilarning salgina ehtiyotsizlik bilan harakatlanishi juda ko'p ko'ngilsiz hodisalar, hatto fojealarga olib kelishi mumkinligi haqida hamma vaqt ham o`ylab ko'rmaymiz. Ana shunday e'tiborsizlik natijasida birgina joriy yilning o'zida “O'zdavtemiryo'lnazorat” davlat inspeksiyasining Buxoro filialiga qarashli temiryo'l kesishmalarida uch marta poyezdlar bilan avtomobillar to'qnashuvi yuz berib, bir qancha tashvishli holatlar yuz berdi.
2018 yilning 2 sentyabr kuni ertalab Kogon temiryo'l bekati va 143-raz'ezd oralig'idagi 3976 kilometrdagi 6 piketda joylashgan qo'riqlanmaydigan temiryo'l kesishmasidagi mashinist R.Narziev boshqaruvidagi 3601-raqamli poezd 010-raqamli teplovoz bilan fuqoro F.Qurbonov boshqarib kelayotgan “HAEO” rusumli yuk mashinasi bilan to'qnashuv yuzaga kelgan. Oqibatda “O'zbekiston temir yo'llar” AJ ga qarashli 14 ta yuk vagoni shikastlangan va poyezd yo'nalishi 30 daqiqaga to'xtatilgan.
Bu kabi noxush hodisalarning oldini olish, yo'lovchilar va haydovchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida inspeksiyamiz qoshida doimiy faoliyat yurituvchi idoralararo komissiya tashkil etilgan. Mazkur komissiya tomonidan tegishli idoralar rahbarlari ishtirokida temir yo'l kesishmalarida har yili ikki marta yozgi va kuzgi ko'riklar o'tkazilmoqda. Tadbirlar davomida aholiga to'qnashuvlar oldini olish va ular keltiradigan salbiy holatlar, moddiy hamda ma'naviy zararlar xususida tushuntirishlar berib borilyapti.
Amin Murtazaev,
“O'zdavtemiryo'lnazorat”
davlat inspeksiyasining
Buxoro filiali inspektori