Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda
“Cotton Logistics” Transport kompaniyasi rahbariyati Transport nazorati inspeksiyasiga tashrif buyurib, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari A.Abduraxmanov bilan Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo`yicha fikr almashishdi.
Uchrashuvda Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti, ro‘yxatga olish jarayoni, arizachi tomonidan ilova qilinadigan hujjatlar va guvohnoma berish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida tomonlar Harakatdagi temir yo‘l tarkibini ro‘yxatga olish bo‘yicha kelishuvga erishishdi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati