Tekshirishlarni ro`yxatdan o`tkazish yagona tizimi yaratildi
Tekshirishlarni ro`yxatdan o`tkazish
yagona tizimi yaratildi
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan tekshirishlar, monitoring va qabul qilingan chora-tadbirlarga oid kerakli ma’lumotlarni nazorat qiluvchi organlar tomonidan doimiy ravishda kiritilib borishini ta’minlaydigan axborot tizimi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur tizimni nazorat qilib boruvchi maxsus vakolatli organ sifatida belgilandi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli «2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» hamda 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-sonli «Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida yaratilgan.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlarni, monitoring va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida zarur axborotlarni doimiy ravishda joriy etishni ko‘zda tutuvchi maxsus elektron axborot tizimini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat bo‘lib, bu orqali tekshirishlarni samarali nazorat qilish va zarur ma’lumotlarni to‘plash, uning sifati jihatidan tahlili va nazorat organlari faoliyatining tekshirishlar bo‘yicha baholanishini ta’minlashdir.
Yagona tizim har tomonlama qulayligi bilan ahamiyatlidir. Nazorat organi tomonidan tekshirish o‘tkazish uchun so‘rov (ariza) berish jarayonini avtomatlashtirish, tekshirish o‘tkazishga buyurtma tayyorlash, maxsus vakolatli organning (Bosh prokuratura va uning hududiy boshqarmalari) qabul qilingan qaroriga binoan qo‘shimcha hujjatlar bilan tanishtirish imkonini beradi.
Axborot ximati boshlig'i
Xayriddinov F.A.