Nazorat va profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat hududiy bo‘lim xodimlari tomonidan Respublikamiz bo‘ylab nazorat va profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan, hududlarda o‘rnatilgan ko‘chma tarozilarda YHXB xodimlari bilan hamkorlikda yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlari nazoratdan o‘tkazilib, belgilangan meʼyordan ortiqcha yuk bilan harakatlanayotgan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.
Barcha haydovchilarni qoidalarga amal qilib harakatlanishlarini so‘rab qolamiz.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati