Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Aziz hamyurtlar, muborak Ramazon oyi oxirlab, yurtimizga Ramazon hayiti – Iyd al Fitr bayrami kirib kelmoqda.
Milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas bir qismi bo‘lgan, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini yaqqol ifoda etuvchi Ramazon hayiti jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, ezgulik, xayr-saxovat va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirishi bilan ham ahamiyatlidir. Muqaddas Ramazon oyi yuksak insoniy fazilatlar bor bo‘y-basti bilan namoyon bo‘ladigan muborak oydir. Bu oyda inson ham ma’nan, ham jismonan poklikka erishadi, ruhan yuksaladi.
Mazkur muborak oy yakuni va Ramazon hayiti bilan O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi barcha hamyurtlarimizni muborakbod etadi.
Xalqimizning har bir xonadonidan fayzu-barokatlar arimasin, ezgu niyatlar o‘z ijobatini topsin. Barchaga sog‘lik, baxt, oilaviy tinchlik mudom hamroh bo‘lsin.
Yurtimizni tinch, osmonimizni musaffo, dasturxonlarimiz har doim to‘kin bo‘lsin!