Murojaatlar tahlili

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasiga 2021-yilning yanvar-mart oylari davomida jami 60 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 52 tasi bevosita inspeksiyaga, 8 tasi esa Virtual qabulxona orqali kelib tushgan. Inspeksiyaga bevosita kelib tushgan murojaatlarning 24 yozma, 27 tasi elektron pochta va 1 tasi veb-sayt orqali kelgan murojaatlar tashkil etadi. 3 nafar fuqaro inspeksiya boshlig‘i tomonidan va 1 nafar fuqaro inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan qabul qilingan. Rahbariyat qabulida bo‘lgan fuqarolarning 2 nafari inspeksiyada va yana 2 nafari sayyor qabullarda murojaat qilgan. Barcha murojaatlar o‘z vaqtida o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilib, ijrosi taʼminlangan. Aksariyat murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalar inspeksiya vakolatiga kirmaganligi bois tushuntirish berilgan va taalluqligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan.

2021-yil 16-yanvar sanasida fuqaro O‘.Pardayevdan ko‘tarma kran mutaxassislik diplomiga ega ekanligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga ishga kirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Mazkur masala inspeksiya vakolatiga kirmaganligi bois mazmunan ko‘rib chiqish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati yuborilgan. Xuddi shunday mazmunda O‘.Abjalov va G‘.Xatamovlardan ham murojaatlar kelib tushgan.

Inspeksiyaning markaziy apparati va filiallarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ish yuritish masalalari muntazam monitoring qilib kelinadi. Murojaatlar bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida xodimlar uchun “onlayn” rejimda Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash va ijro nazorati bo‘limi boshlig‘i K.Ismoilov tomonidan kerakli ko‘rsatmalar berildi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati