Targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 9 - apreldagi 278-sonli “Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun mohiyatini tadbirkorlik sub’ektlari va keng jamoatchilikka yetkazish tadbirlari davom ettirildi. Navbatda uchrashuv 2018 yil 13 iyun kuni Guliston stansiyasida “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi markaziy apparati va Toshkent filiali xodimlari hamda shaxobcha temir yo‘llariga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tashkil etildi.

Dastlab yig‘ilganlarga Qaror mazmun-mohiyati, litsenziya olish tartibi va ushbu sohadagi yangiliklar bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi. Bunudan tashqari tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlari, litsenziyalash tartibini tartibini soddalashtirish, litsenziya berish muddatlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5409 sonli “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmonida ko‘zda tutilgan imtiyozlar, litsenziya olish muddatlaridagi yangiliklar haqida so‘z yuritildi.

“2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi” ijrosini inspeksiya doirasida ta’minlashga qaratilgan ishlar borasida ham axborot berildi. 
Shuningdek, majlisda «Temir yo‘l transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3221 sonli “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 948-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 211-sonli “Xalqaro sifat standartlari va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan temir yo‘l mahsulotini ishlab chiqarishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir ishtirokchilari harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga mutaxassislardan aniq va batafsil javob olishdi. 

Firdavs Xayriddinov
Аxborot xizmati boshlig`i