Jizzaxdagi tadbir: Qaror mohiyati tushuntirildi

2018 - yil 5 - iyun kuni Jizzax stansiyasida “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi markaziy apparati va Toshkent filiali xodimlari, shuningdek shaxobcha temir yo‘llariga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 9 - apreldagi 278-sonli “Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun mohiyati yig‘ilganlarga batafsil tushuntirib o‘tildi.

Mazkur qaror ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari muntazam olib borilmoqda. Qarorga muvofiq Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash «O‘zdavtemiryo‘lnazorat» inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Jizzax stansiyasidagi tadbirda ham inspeksiya xodimlari tomonidan mazkur qarorda nazarda tutilgan maqsad va vazifalar batafsil ochib berildi. Tadbirda tadbirkorlar litsenziya olishdagi talablar, litsenziya olish tartibi, muddati, mavjud litsenziyalarni uzaytirish tartibi borasidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5409 - sonli “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmonida tadbirkorlar manfaatlari yo‘lida ko‘zda tutilgan imtiyozlar, litsenziya olish muddatlaridagi yangiliklar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga «Temir yo‘l transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3221- sonli “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 948-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 211-sonli “Xalqaro sifat standartlari va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan temir yo‘l mahsulotini ishlab chiqarishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Qarorlardagi har bir band tadbirkorlarga AKT imkoniyatlaridan foydalangan holda, taqdimot shaklida tushuntirildi. Yig‘ilganlar litsenziyalash tartibi bilan birgalikda temir yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida nimalarga qat’iy rioya qilishlari lozimligi borasida ham bilim va malakalarini oshrib olishdi.

Axborot xizmati boshlig`i
Firdavs Xayriddinov