Faxriylar har doim eʼzozda, eʼtiborda

 

         “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi hamda inspeksiya kasaba uyushma qo‘mitasi mehnat jamoasida uzoq yillar davomida ishlab, pensiyaga chiqqan xodimlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab quvvatlash bo‘yicha samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Mamlakatimiz Bosh qomusi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganing 28 yilligi munosabati bilan xayrli tadbirlar davom ettirildi.  

         Bayram munosabati bilan pensionerlarning uylariga tashrif buyurildi. Bu o‘z navbatida ularning kayfiyati ko‘tarilishiga, ishdagi shirin va unutilmas xotiralarning esaga olinishiga zamin yaratdi.  Faxriylarning holidan xabar olinib, taklif va mulohazalari tinglandi. Inspeksiya tizimida 10 yil va undan ortiq vaqt davomida mehnat qilib,  nafaqaga chiqqan pensionerlarni moddiy qo‘llash maqsadida pul mablag‘lari ajratildi. Poytaxtda istiqomat qiladigan pensionerlarga kasaba uyushma qo‘mitasi raisi D.Madaminova hamda markaziy apparat xodimlari, hududlardagi faxriylarga esa filial rahbarlari  moddiy yordam pullarini topshirishdi.

         Biz faxriylar har qanday eʼtibor, g‘amxo‘rlikdan behad quvonamiz, - deydi Yu.Gorbunova. Ayniqsa, mazkur eʼtibor sen uzoq yillar davomida ishlagan mehnat jamoasidan bo‘lsa, yana-da ahamiyatli. Hamkasblarim, shogirdlarim muntazam men bilan bog‘lanib, hol ahvol so‘rashadi, maslahatlashishadi. O‘zim ham imkoniyat bo‘lishi bilan jamoa aʼzolari bilan diydorlashib turaman. Bayram munosabati bilan galdagi uchrashuv va eʼtibordan qalbim to‘lqinlanib, kayfiyatim ko‘tarildi. Inspeksiya rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasidan minnatdorman.

         Inspeksiya kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlar va pensionerlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yana-da yaxshilash, sog‘liklarini mustahkamlash maqsadida qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

 

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati