Hamkasblarimiz mehnatiga munosib e`tirof!

Hamkasblarimiz mehnatiga munosib e`tirof!



                  O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tassarufidagi barcha bo‘g‘inlarda faoliyat olib borayotgan kasaba uyushma tashkilotlari mas’ul xodimlari va faollarini Yangi yil bayrami munosabati bilan munosib tag‘dirladi. Quvonarli tomoni mazkur tadbirda hamkasbimiz, “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi normativ-texnologik bo‘limi boshlig‘i Farxod Yuldashev ham e’tirof etilganlar qatorida bo‘ldi. O‘zining mehnatsevarligi, fidoyiligi, halloligi, kasbga bo‘lgan yuksak sadoqatini yillar davomida amalda namoyon etib kelayotgan tajribali xodim shu kuni mehnatiga yarasha taqdirlandi.


- Men uchun yakuniga yetayotgan yil har tomonlama omadli, quvonchli keldi deyishim mumkin, - deydi F.Yo‘ldoshev. Ish yuzasidan qator qaror loyihalarini ishlab chiqdik va bugungi kunda amaliyotda ijrosini ta’minlashga erishyapmiz. Jamoada ish jipslik, hamjihatlik o‘zaro hurmat va sog‘lom raqobat asosida tashkil etilyapti. Oilamda ham tinch-totuvlik. Shu kecha-kunduzda nevaralarim soni yana bittaga ko‘payib, uyimizdagi ko‘tarinki ruhni yanada ortishiga sabab bo‘ldi. Kasaba uyushmasi tomonidan taqdirlanganim esa omadli yilga chiroyli yakun yasab berdi. Bundan juda mamnunman. Fursatdan foydalanib barcha jamoadoshlarimni, hamkasblarimni kirib kelayotgan 2019 – yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yangi yilda ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman.


                  Taqdirlanganlar orasidan inspeksiya kasaba uyushmasi raisi Firdavs Xayriddinov ham o‘rin oldi. F.Xayriddinov qisqa vaqt davomida xodimlar manafaati yo‘lida munosib mehnat va dam olish sharoitini yaratishga, moliyaviy intizomni mustahkamlash, kasaba uyushmalari mavqeini oshirishga qo‘shayotgan hissasi, mehnat muhofazasini ta’minlashni jamoatchilik asosida nazorat qilish borasida amalga oshirgan samarali faoliyati Respublika Kengashi tomonidan yuqori bahoga loyiq ko‘rildi va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati