Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

“Biz avtomobil yo‘llari tarmog‘ining soz holatda saqlanishi tarafdorimiz” shiori ostida nazorat oyligi tadbirlari davom etmoqda. Bugun oylik davomida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Transport nazorati inspeksiyasi, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbarlari, hududiy boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

Dastlbki haftada amalga oshirilgan targ‘ibot tadbirlari ijobiy baholanib, amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirish yuzasidan boshlangan ishlar hududlarda ham davom ettirish lozimligi ta’kidlandi. Belgilangan me’yor talablaridan ortiqcha yuk bilan harakatlanish oqibatlari muhokama qilinib, qoidabuzarlarliklar oldini olish yuzasidan hamkorlikda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati