TAKLIF
Ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik oldida hisobdorlikni ta’minlash borasida taklif
Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan tashkilotning ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan faoliyati yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari hisoboti Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida muhokama qilindi.
Inspeksiya o‘z ishini ochiqlikka asoslantirgan holda olib borayotgani, joriy yilning o‘tgan vaqti davomida 2 ta press-tadbir (matbuot anjumani va brifing) o‘tkazilgani, ochiq muloqot va sohaga oid ko‘rsatuvlarda muntazam qatnashayotgani ijobiy holat sifatida baholandi.
Inspeksiya ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida ochiq muloqotlar, press-tadbirlar (matbuot anjumani, brifing, press-tur)larni viloyatlarda ham tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Bu o‘z navbatida hududiy bo‘limlar ishini yangi bosqichga olib chiqish, rahbarlarning OAV bilan doimiy muloqotini samarali yo‘lga qo‘yish, rahbarlar mas’uliyatni oshirishga zamin yaratadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat organi faoliyatini takomillashtirish borasida taklif
Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tashkil etilgan ochiq eshiklar kuni tadbiri doirasida inspeksiyada Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar eshitildi.
Qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, o‘tkazilgan seminar-treninglar, malaka oshirish kurslari orqali tizimni korrupsiyadan xoli qilish maqsad qilingani ta’kidlandi.
Xodimlarga targ‘ibot ishlari olib borilishining ijobiy samarasi sifatida Avtomobil va suv transportida nazorat Navoiy viloyati yetakchi inspektori tomonidan joriy yilning noyabr-dekabr oylarida 2 marta pora taklif qilgan haydovchilarning o‘ziga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy ish ochilganligi bildirildi.
Jamoatchilik kengashi vakillari inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni ijobiy baholandi.
Amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirgan holda, 2025-yilda nazorat tadbirlarida korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni oshirish hamda inson omilini kamaytirish maqasdida quydagi ishlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
- Reyd tadbirlariga jalb etiladigan xodimlarni kuzatuv kamerasi (body camera) bilan taminlash;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida amlaga oshirilayotgan seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlar yuzasidan rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqalarda xabar va yangiliklar joylashtirib borish.
- Tizimni raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish.
Doc
- Malaka talablari
- Xarid komissiyasi tarkibi
- Xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar
- Xizmat safarlari to'g'risida ma`lumot
- Ochiq ma’lumotlar to‘plami va qayta aloqa samaradorligini baholash tizimi
- Asosiy vositalar xaridi bo‘yicha maʼlumot
- Arzon baholi va tez eskiruvchi tovar-moddiy zahiralar xaridi bo‘yicha maʼlumot
- Xizmatlar xaridi bo‘yicha maʼlumot
- Transport nazorati inspeksiyasining ish rejasi
- Tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi сhoraklar bo'yicha
- Xizmat avtomobillari va ularning holati to‘g‘risida maʼlumot
- Тadbirkorlik subyektlarida o‘tkazgan tekshiruvlari to‘g‘risida ma’lumot
- Transport nazorati inspeksiyasining hududiy bo'limlari
- Korrupsiyaga qarshi ichki nаzоrаt
- Inspeksiyada tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM
- Transport nazorati inspeksiyasining tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazgan tekshiruvlari to‘g‘risida ma’lumot
- Budjet hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarning tushumlari va xarajatlari to‘g‘risida
- Ochiqlikni taʼminlash sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari to‘g‘risida
- Ochiqlik sohasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinish
- Ochiq ma’lumotlar to‘plamini pasportlash tartibi
- Davlat xaridlari bo'yicha ma'lumotlar
- Davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi ichki idoraviy hujjat
- Ochiqlik sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida
- Ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha onlayn so‘rovnoma to‘g‘risida