RASMIY MUNOSABAT

January 19, 2024, 8:34

“Jamoat nazorati” telegram kanalida, Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon va Toshloq tumanlarida yo‘nalishli taksilarda yo‘l kira narxlari asossiz oshirganligini yuzasidan tegishli chora ko‘rish uchun Transport nazorati inspeksiyasi Farg‘ona viloyat hududiy bo‘limiga murojaat qilishgan.

Holat yuzasidan Transport nazorat inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi bosh inspektorlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasining transport sohasidagi amaldagi qonunchilik talablarini bajarilishi bo‘yicha Marg‘ilon shahri va Toshloq tumanidagi yo‘nalishlarda reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reyd tadbirlari davomida litsenziya varaqasiz aholiga noqonuniy tartibda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yengil avtotransport vositalari, yo‘l  haqini  asosiz oshirib olgan haydovchilar  hamda litsenziya talab va shartlarini buzayotgan tashuvchilarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalariga e’tibor qaratildi. Qo‘shma reyd tadbirlari jarayonida  litsenziya talab shartlarini buzayotgan avtotransport vositalariga asosiy etibor qaratilib, 100 dan ortiq avtotransport vositalari to‘xtatilib tegishli hujjatlari ko‘rilganda, 30 ta holatda avtotransport vositalari noqonuniy ravishda faoliyat olib borayotganliklari aniqlandi.   

Ushbu avtotransport vositalarining haydovchilariga nisbatan Transport nazorati inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning tegishli moddalari asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Reyd tadbirlari davom etmoqda.

 Transport nazorati inspeksiyasi