Axborotdan foydalanuvchilarning ochiq hayʼat majlislarida hozir bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi nizom

Axborotdan foydalanuvchilarning Transport nazorati inspeksiyasi ochiq hayʼat majlislarida hozir bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
 

Mazkur Nizom «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hayʼat majlislarida hozir bo‘lishi tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

  • «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga asosan, Transport nazorati inspeksiyasi faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.
  • Mazkur Nizom talablari Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan ochiq hayʼat majlisida ishtirok etish uchun taklif etilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
  • Transport nazorati inspeksiyasi:

mazkur Nizom asosida axborotdan foydalanuvchilarning ochiq hayʼat majlislarida hozir bo‘lishi tartibini belgilashi;

ochiq hayʼat majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi uchun sharoitlar yaratishi lozim.

  • Transport nazorati inspeksiyasi hayʼat majlislari ochiq tarzda o‘tkaziladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
  • Transport nazorati inspeksiyasi axborotdan foydalanuvchilarning tanishib chiqishlari uchun binoning hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalarida va (yoki) maxsus ajratilgan joylarida ochiq hayʼat majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt hamda boshqa zarur axborotlar axborot stendlari va (yoki) shunday maqsad uchun mo‘ljallangan texnik vositalarga majlis o‘tkazilishidan kamida uch kun oldin joylashtirishlari shart.

2-bob. Axborotdan foydalanuvchilarning ochiq hayʼat majlislarida hozir bo‘lishi

  • Axborotdan foydalanuvchi Transport nazorati inspeksiyasining ochiq hayʼat majlislarida hozir bo‘lish uchun Transport nazorati inspeksiyasiga so‘rov bilan murojaat qiladi. So‘rov «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.

Axborotdan foydalanuvchining identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan maʼlumotlar ko‘rsatilmagan so‘rovlar anonim hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

  • So‘rov kelib tushgan kuni u Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan alohida maxsus jurnalda ro‘yxatga olinadi va zudlik bilan ko‘rib chiqiladi. Mazkur jurnal hayʼat masʼul kotibi tomonidan yuritiladi.
  • So‘rovga asosan hayʼat masʼul kotibi axborotdan foydalanuvchini ochiq hayʼat majlisida ishtirok etuvchilar ro‘yxatiga kiritadi hamda bu haqda axborotdan foydalanuvchiga maʼlum qiladi. Ochiq hayʼat majlisining o‘tkazilish sanasi, vaqti yoki joyi o‘zgargan taqdirda, bu haqda axborotdan foydalanuvchiga maʼlum qilinadi.
  • Axborotdan foydalanuvchilar ochiq hayʼat majlisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kiritiladi.
  • Axborotdan foydalanuvchi ochiq hayʼat majlisiga kelmagan taqdirda, hayʼat masʼul kotibi tomonidan bu haqda maxsus jurnalga yozib qo‘yiladi.
  • Transport nazorati inspeksiyasi o‘z imkoniyatlaridan hamda axborotdan foydalanuvchilar sonidan kelib chiqib, ochiq hayʼat majlisi o‘tkaziladigan zalda axborotdan foydalanuvchilar uchun joy tayyorlaydi. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq hayʼat majlisi o‘tkaziladigan zalga maxsus jurnaldagi qayd etish ketma-ketligi asosida joylashtiriladi.

Axborotdan foydalanuvchilar sonining ko‘pligi sababli, ularni ochiq hayʼat majlisi o‘tkazilayotgan zalga joylashtirish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ular ochiq hayʼat majlisining borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari mumkin bo‘lgan xonaga joylashtirilishi mumkin.

  • Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, axborotdan foydalanuvchilar ochiq hayʼat majlisining borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari mumkin bo‘lgan alohida xona jihozlab qo‘yilishi mumkin.
  • Axborotdan foydalanuvchilar ochiq hayʼat majlisi boshlangunga qadar belgilangan joyga yetib kelishi, ro‘yxatdan o‘tishi va belgilangan joyga o‘tirishi lozim. Axborotdan foydalanuvchilar raislik qiluvchi tomonidan majlis boshlanganligi eʼlon qilingandan so‘ng kelgan taqdirda, kechikib kelgan hisoblanadi va hayʼat majlisiga qo‘yilmaydi.
  • Axborotdan foydalanuvchi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan ochiq hayʼat majlisining reglamentida belgilangan tartibda majlisda hayʼat aʼzolariga savollar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
  • Axborotdan foydalanuvchi tomonidan hayʼat majlislari davomida hayʼat majlisi muhokamasiga taalluqli bo‘lmagan va ushbu majlisda muhokama qilinmagan masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilgan yoki savollar bilan murojaat etilgan taqdirda, unga mazkur masala bo‘yicha axborot olish tartibi tushuntiriladi.
  • Axborotdan foydalanuvchi hayʼat majlisi o‘tkazilayotgan vaqtda tartibni buzmasligi shart. Axborotdan foydalanuvchi majlis o‘tkazilayotgan vaqtda tartibni buzgan taqdirda, raislik qiluvchi tomonidan ogohlantiriladi.

Axborotdan foydalanuvchi tartibni takroran buzgan taqdirda, u raislik qiluvchi tomonidan majlis o‘tkazilayotgan zaldan chiqarib yuboriladi. Mazkur holat yuzasidan hayʼat masʼul kotibi dalolatnoma tuzadi va dalolatnoma raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

  • Axborotdan foydalanuvchilarga ochiq hayʼat majlisini fotosuratga, video tasvirga olishga, ovoz yozish vositalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
  • Hayʼat majlisi bayonnomasida ochiq hayʼat majlislarida hozir bo‘lgan axborotdan foydalanuvchilarning ishtiroki haqida tegishli maʼlumotlar ko‘rsatilishi lozim.