Eʼlon qilinishi mumkin bo‘lmagan axborotlar

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq “Transport nazorat inspeksiyasi” faoliyati to‘g‘risidagi foydalanilishi cheklab qo‘yilgan qo‘yidagi axborot  va maʼlumotlar axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etilmaydi:

  • inspeksiyaning faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga kirmaydigan huquqiy-normativ hujjatlar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, shuningdek, yig‘ilish bayonlarining alohida bandlarida belgilangan “maxfiy” va “xizmat doirasida foydalanish uchun” (XDFU) belgisi qo‘yilgan hujjatlardagi maʼlumotlar;
  • “maxfiy” va “xizmat doirasida foydalanish uchun” (XDFU) belgisi qo‘yilgan hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlar;
  • ichki yozishmalar;
  • inspeksiya rahbar va xodimlari, ishchi-xizmatchilarning shaxsiga oid maʼlumotlar;
  • davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar;