Temir yo`l transporti texnika vositalaridan oqilona foydalanish yuzasidan tavsiyalar
O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan o‘z faoliyatini temir yo‘l transporti sohasida amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda tekshirishlar jarayonida ko‘plab uchraydigan kamchiliklarni odini olish va bartaraf etish uchun quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:
- Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan normativ-xuquqiy xujjatlar talablariga to‘liq rioya etish;
- Temir yo‘l transport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan ishchi xodimlarning bilim saviyasini muntazam oshirib borish va bilimlarini o‘z vaqtida tekshirib turish;
- Texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilish;
- Shahobcha temir yo‘llarini texnik soz holatda saqlash;
- Harakat tarkiblarini o‘z vaqtida modernizatsiya qilish va eskirganlarini o‘rniga yangilarini sotib olish;
- Texnik hujjatlarni o‘z vaqtida to‘liq yurgizish;
- Yuk vagonlaridan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilish;
- Yuk ortish qoidalariga va vagonlarda yuklarni mahkamlash qoidalariga to‘liq rioya etish;
- Harakat tarkibini temir yo‘llarda mahkamlash qoidalariga qat’iy rioya qilish;
- Joylarda rahbarlarning o‘z qo‘l ostidagi harakat xavfsizligi bilan bog‘liq ishchi-xodimlar ish faoliyati nazoratini sifatli amalga oshirish;
- Tekshiruvlar jarayonida aniqlangan poyezdlar harakati xavfsizligi talablarining buzilish holatlarini o‘z vaqtida bartaraf etish, kelib chiqish sabablarini tahlil qilish, ularning qayta takrorlamaslik choralarini ko‘rish.