Hamkorlik

Horijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida
MA’LUMOT

2019 yil:

Imperator Aleksandr I nomidagi Sankt-Peterburg davlat transport universiteti bilan hamkorlikda “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining elektrta’minot va vagon xo‘jaligi inspektorlari hamda filial boshliqlari 2019 yil noyabr, dekabr oylarida kasbiy malakasini oshirdi. Hamkorlik samarasida inspeksiya xodimlari soha bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘ldilar.

2014 yil:

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” Davlat inspeksiyasida Janubiy Koreyaning “Samsung Engineering Ltd» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Surgil koni bazasida Qoraqolpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi Ustyurt gazkimyo majmuasi investitsion loyihasini joriy qilish va qurilishining borishi muhokama qilindi. Loyihaning texnologik qismi “Samsung Engineering Ltd» kompaniyasi va “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasining «O‘zLITIneftegaz» korxonasi tomonidan ishlab ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda “O‘zneftegaz” MXK bilan «ING Grour» xalqaro moliyaviy korporatsiyasi, Janubiy Koreyaning «Kogas», «Lotte Petrochemicfls» kompaniyalari va «Uz-Kor Chemicals» qo‘shma korxonasi bilan Surgil koni bazasida Ustyurt gazkimyo majmuasi investitsion loyihasining qurilishi va uzoq muddatli moliyalashtirilishi bo‘yicha amaliy muzokaralar olib borilmoqda.

Mazkur loyiha bo‘yicha 2013 yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK tomonidan “Qirqqiz” bekatida 10 kilometrlik temir yo‘llarning qurilishi bitkazildi. Mazkur loyihada nazarda tutilgan temir yo‘l shoxobcha yo‘llarining qurilishi 2015 yilga qadar davom ettiriladi. Ta’kidlab o‘tish joizki, xalqaro ekspertlarning baholariga ko‘ra mazkur loyiha yiliga 4,5 mlrd kub metr tabiiy gazni qazib chiqarish va qayta ishlash, 400 ming tonna polietilen va 100 ming tonna poliprolin ishlab chiqarishni nazarda tutgan O‘rta Osiyodagi eng yirik loyiha hisoblanadi. Bundan tashqari mazkur investitsion loyihani qurilishiga 5000 kishi jalb qilinsa, zavod ishga tushirilgach neftegaz sanoati sohasining turli mutaxassisligi bo‘yicha 1000 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi. Uchrashuv do‘stona va samimiy muhitda bo‘lib o‘tdi.

2009 yil:

2009 yilning 5 mayidan 13 mayigacha “Yo‘lovchi elektrovozlarini xarid qilish” loyihasi doirasida “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” DI ning normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasining «CSR Zhuzhou Electric Locomotive Co. Ltd.» zavodida bo‘ldi.

Mazkur zavodda bo‘lish chog‘ida delegatsiya ishlab chiqarish sexlarini borib ko‘rdi, shundan keyin ushbu kompaniya mutaxassislari bilan yo‘lovchi elektrovozining texnik ma’lumotlari tasnifi muhokamasi o‘tkazildi. Umuman olganda yo‘lovchi elektrovozining texnik ma’lumotlari tasnifi «CSR Zhuzhou Electric Locomotive Co. Ltd.» zavodi tomonidan texnik ma’lumotlar tasnifiga ba’zi bir tuzatishlar kiritilib qabul qilindi.

Texnik markaz konstruktorlari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda: yo‘lovchi elektrovozi dizayni, elektrovozni bo‘yash ranglari hamda elektrovozda farqlanish belgilari va shartli ishoralar (logotip, elektrovoz raqami, uning nomi va b.)ni joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, texnik markaz konstruktorlari bilan hamkorlikda tezkor yo‘lovchi elektrovozining bosh qismi loyihasi, elektrovoz va KLUB-U tizimi boshqaruv displeylari hamda radiostansiya va pnevmatik jihozlarni joylashtirgan holda, mashinist kabinasi dizayni ishlab chiqildi. Shuningdek, mashinist kabinasida konditsioner, muzlatgich va ovqat isitish uchun elektr plitachasini o‘rnatish nazarda tutilgan. “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK mutaxassislari va texnik markaz konstruktorlari bilan elektrovozda asosiy va yordamchi asbob-uskunalarni joylashtirish loyihalari ko‘rib chiqildi. Tezkor yo‘lovchi elektrovozining shartnoma texnik ma’lumotlar tasnifi talablariga to‘liq javob beruvchi texnik tavsifnomasi muhokama qilindi. Yangi elektrovoz loyihasini muhokama qilish jarayonida uning tavsifnomalari bilan bir komponentli disk tormozini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqildi, shuningdek rekuperativ tormozni qo‘llash natijasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi miqdorini o‘lchaydigan hisoblagich o‘rnatilib qo‘yiladigan rekuperativ tormozning texnik tavsifnomalari kelishib olindi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK mutaxassislari delegatsiyasi «CSR Zhuzhou Electric Locomotive Co. Ltd.» zavodida bo‘lishi chog‘ida mazkur loyihaning quyidagi yordamchi pudratchilari bilan muzokaralar o‘tkazdi:

  • «SIEMENS» kompaniyasi bilan asinxron tortish dvigatellari, o‘zgartirgichlar, mikroprotsessor tizimlari va elektrovoz boshqaruv displeyini yetkazib berish bo‘yicha. Bunda «SIEMENS» kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan jihozlarni belgilangan muddatlarda yetkazib berish niyatini, shuningdek “O‘zbekiston” deposi sharoitida g‘ildirak juftlarini chiqarmasdan turib joyida yo‘nish bo‘yicha dastur ishlab berishini tasdiqladi.
  • “Ijevsk radiotexnika zavodi” bilan KLUB-U priborlarini, shuningdek mazkur priborlarning zahira ikki komplektini yetkazib berish bo‘yicha. Bunda birinchi elektrovozda KLUB-U tizimli jihozlar o‘rnatilishi ularning rahbarligida amalga oshirilishi haqida kelishib olindi.

Yo‘lovchi elektrovozi loyihasining muhokamasi bo‘yicha qabul qilingan qarorlar 12.05.2009 yildagi bayonnoma bilan rasmiylashtirildi.

2008 yil:

2008 yilning o‘tgan davri mobaynida inspeksiya horijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirmagan.

2007 yil:

2007 yilning 28 martidan 5 apreligacha “Toshg‘uzor-Qumqo‘rg‘on” yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi loyihasi bo‘yicha inspeksiya boshlig‘i birinchi o‘rinbosari ko‘prik ikki ustun metall oraliqlarining ishlab chiqaruvchi zavodlar tomonidan tender hujjatlari shartlariga muvofiq tayyorlanayotganligi bilan tanishish va nazorat qilish uchun Yaponiyaning «ShIMIDZU-NIPPON STIL INJINIRING-YOKOGAVA» qo‘shma korxonasiga xizmat safariga bordi.

26 martdan 5 aprelgacha Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Banki krediti bo‘yicha inspeksiya litsenziyalashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i “O‘zbekistontemiryo‘llari” DATKva «JTC» maslahatchi kompaniyasi vakillari delegatsiyasi tarkibida Tomsk, NijniyTagil, Murom (Rossiya) shaharlariga «MarubeniKorpareyshen» (Tokiosh., Yaponiya) kompaniyasitomonidan “Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on” yangi temiryo‘l liniyasi loyihasi qurilishi shartnomasi bo‘yicha yetkazib berilayotgan yo‘l yuqori ko‘tarmasi materiallarini, texnik xizmat ko‘rsatish uchun mashina va mexanizmlarini tayyorlovchi quyidagi zavodlarni nazorat qilish uchun xizmat safari amalga oshirildi: strelka o‘tkazgichlar uchun shpalalar, bruslar, relslar va strelka o‘tkazgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Kuzalevshpalsingdirgichzavodi” MChJ, “NijniyTagilmetallurgiyakombinati” OAJva “Muromstrelkao‘tkazgichzavodi” AJ. Zavodga tashrif chog‘ida delegatsiya Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Banki krediti hisobidan “Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on” yangi temiryo‘l liniyasi loyihasi qurilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uchun ishlab chiqarilayotgan relslarning ishlab chiqarish uslublari, mahsulotning sifat nazorati tizimi bilan tanishdilar. Bunda aniqlandiki, «NipponstilKorporeyshn» tayyorlovchi zavodi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning kimyoviy tarkibi bo‘yicha ham, mexanik xususiyatlariga ko‘ra ham “Relslarnixaridqilish” shartnomasi, R-65 rusumidagi termik ishlov berilgan texnik tasniflari talablariga muvofiqliligini tasdiqlovchi xalqaro sifat sertifikatlari va barcha hujjatlarga egadir.   Shundan keyin delegatsiya qatnashchilari shartnoma bo‘yicha ortish uchun tayyorlab qo‘yilgan relslarning laboratoriya sinovlarini o‘rganish bilan zavod laboratoriyasida mazkur relslarning istalgan partiyasini tanlab o‘tkazilgan ko‘rikda ishtirok etdilar. Inspeksiya boshlig‘i shuningdek o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

2006 yil:

2006 yilning 12 iyunidan 15 iyunigacha inspeksiya boshlig‘i “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK delegatsiyasi tarkibida Sofiya shahrida o‘tkazilgan Temir yo‘llar hamkorligi tashkiloti (Organizatsiya sotrudnichestva jeleznыx dorog (OSJD)) ministrlari Kengashining yubiley XXXIV sessiyasida qatnashdi. Ushbu sessiya tantanali xususiyatga ega bo‘lib, 1956 yilda Sofiya shahrida o‘tkazilgan Kengashda transport ministrlari tomonidan Temir yo‘llar hamkorligi tashkilotining tashkil etilganligini 50 yilligiga bag‘ishlandi. Mazkur ministrlar Kengashining yubiley XXXIV sessiyasi qatnashchilari Temir yo‘llar hamkorligi tashkilotining 50 yillik faoliyati konstruktiv va sermahsul bo‘lganligini ta’kidladilar. Uning faoliyati davomida Temir yo‘llar hamkorligi tashkiloti a’zo mamlakatlari vazirliklari va temir yo‘llari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining ko‘p sonli tajribali, malakali mutaxassislari temir yo‘l transporti sohasi rivojlanishiga taaluqli bo‘lgan konkret masalalar va mavzularni hal qilishda faol ishtirok etdilar. Temir yo‘llar hamkorligi tashkiloti (OSJD) – bugungi kunda temir yo‘l transportining tarkibiy islohatlar o‘tkazilayotgan sharoitlarda faoliyat ko‘rsatishining deyarli barcha (iqtisodiy, moliyaviy, ekspluatatsion va texnik) masalalari hal qilinayotgan yagona xalqaro tashkilotdir. Ushbu tashkilot bilan hamkorlik qilish a’zo mamlakatlarga yuk va yo‘lovchilar tashish, horijiy temir yo‘llar bilan o‘zaro hisob-kitob qilish bilan bog‘liq bo‘lgan keng ko‘lamdagi o‘ta muhim masalalarni hal etish imkoniyatini beradi.

2006 yilning 11 oktyabridan 18 oktyabrigacha “Chjuchjou elektrovoz qurish kompaniyasi” MChJ zavodi taklifiga binoan “O‘zbekiston” seriyali elektrovozlari juft g‘ildiraklarining bandaj xalqalari bilan bir hil konstruksiyaga ega bo‘lgan elektrovozlardan xavfsiz foydalanishni tadqiqot qilish maqsadida inspeksiya Toshkent filiali boshlig‘ining “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari amalga oshirildi. Delegatsiya tomonidan «Suo Xuan» va «Chjuchjo» lokomotiv depolarining ta’mirlash sexlari borib ko‘rilganda, “O‘zbekiston” seriyali elektrovozlari juft g‘ildiraklarining bandaj xalqalari bilan bir hil konstruksiyaga ega bo‘lgan elektrovozlarni ta’mirlash texnologik jarayoni bilan tanishdilar va ularning texnik holati tadqiqotini amalga oshirdilar. “Chjuchjou elektrovoz qurish kompaniyasi” MChJ zavodida delegatsiya qatnashchilari tomonidan g‘ildirak juftlarini yig‘ish bo‘yicha sex ko‘rib chiqildi va ularni yig‘ish bo‘yicha texnik hujjatlar bilan tanishildi. Yangi yig‘ilgan g‘ildirak juftlari ko‘rib chiqilganda bandaj xalqalarining bo‘shaganligi aniqlandi, o‘z o‘rnida “O‘zbekiston” seriyali elektrovozlarni ta’mirlash bo‘yicha qo‘llanma” va shuningdek bandaj xalqalarini montaj qilish texnologiyasi hamda tekshirish uslublari talablariga muvofiq bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu munosabat bilan delegatsiya qanashchilari “Chjuchjou elektrovoz qurish kompaniyasi” MChJ zavodining ishlab chiqarish, tayyorlash texnologiyasi va servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha rahbarlari va mutaxassislari bilan birgalikda texnik muzokaralar o‘tkazdilar, buning natijasida bayonnoma tuzildi va kafolat xati olindi. Mazkur bayonnoma qarori bilan zavod vakillari elektrovoz g‘ildirak juftlari bandaj xalqalarining ushbu konstruksiyasi harakat xavfsizligi talablarini qondirish imkoniyatini berishni kafolatladilar va javobgarlikni, shuningdek 2006 yil noyabr oyi oxiriga qadar “O‘zbekiston” seriyali elektrovozlar g‘ildirak juftlari bandaj xalqalarini montaj qilish texnologiyasi va tekshirish uslublari bo‘yicha texnik hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar. Shuningdek “Chjuchjou elektrovoz qurish kompaniyasi” MChJ zavodi mutaxassislarini ishlab chiqilgan normativ-texnik hujjatlarga muvofiq g‘ildirak juftlarining ta’mirlash muddatlarini o‘rnatish va keyinchalik ulardan foydalanish imkoniyatini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

2005 yil:

2005 yilning 13 avgustidan 20 avgustigacha inspeksiya boshlig‘i “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK delegatsiyasi tarkibida, Kredit kelishuviga binoan Yevropa Rekonstruksiya va Rivojlantirish Banki (Yevropeyskiy Bank Rekonstruksii i Razvitiya (YeBRR)) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Dizel lokomotivlarini modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha 2-bosqichini baholash hisoboti bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun London shahriga Yevropa Rekonstruksiya va Rivojlantirish Banki shtab-kvartirasiga xizmat safarini amalga oshirdi. Ushbu muzokaralarda shuningdek loyihani amalga oshirish bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK ning maslahatchisi bo‘lgan “Kanareyl” kompaniyasi vakillari hamda Yevropa Rekonstruksiya va Rivojlantirish Bankining Mustaqil texnik eksperti ishtirokida Bankning transport va xaridlar bo‘limlari vakillari ishtirok etdilar. Ushbu muzokaralar natijalariga ko‘ra “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK delegatsiyasi va Yevropa Rekonstruksiya va Rivojlantirish Bankining vakillari tomonidan 2005 yil 19 avgustdagi bayonnoma imzolandi. Shuningdek, inspeksiya boshlig‘i belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining London shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

 

 

04.08.2023