Очиқлик соҳасидаги шикоятларни кўриб чиқиш тартиби тўғрисида

Ochiqlik sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorat inspeksiyasi Nizomi talablari asosida ishlab chiqilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi

Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin.

Ro‘yxatga olingan murojaatlar qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilmasa, kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilsa, murojaatlar kelib tushgan kundan boshlab 1 oygacha ko‘rib chiqilishi mumkin.

Murojjatlarning ko‘rib chiqilishi natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga yozma yoki elektron shaklda ma’lumot beriladi.

2024-yil davomida inspeksiyaga ochiqlik sohasida ariza va shikoyatlar kelib tushmaganligini ma’lum qilamiz.

24.02.2025  Чоп этиш

Док