Jamoatchilik kengashi faoliyatini yo'lga qo'yish, kengash a'zolarini tanishtirish, yillik ish rejasini tasdiqlash va rejaga asosan mavzu yuzasidan muhokama yig'ilishi bayoni

Transport nazorati inspeksiyasi huzurida Jamoatchilik kengashi faoliyatini

yo`lga qo`yish, Kengash a`zolarini tanishtirish, yillikish rejani tasdiqlash va

rejaga asosan mavzu yuzasidan muhokama yi`g`ilishi

BAYONI.

1-son.

 Toshkent shahri                                                                                                            2024-yil, 29-aprel

 

         Raislik qildi                             A.Boylarov - Transport nazorati inspeksiyasi

                                                      huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi o`rinbosari

 

 

         Ishtirok etdilar                       Jamoatchilik kengashi a`zolari, Transport nazorati inspeksiyasi  

                                                     boshqarma va bo`lim xodimlari

KUN TARTIBI


  1. Transport nazorati inspeksiyasi huzurida Jamoatchilik kengashi faoliyatini yo`lga qo`yish, Kengash a`zolarini tanishtirish;
  2. Jamoatchilik kengashi yillik ish rejasini muhokama qilish va tasdiqlash;
  3. Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan tashkilotning ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash yol`ida olib borilayotgan faoliyati yuzasidan amalga oshirayotgan ishlar tahlili.

_________________________________________________________________
(Boylarov, Hamrayev, Jalolov, Salomov, Xayriddinov…Boylarov)

 

Kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan inspeksiya boshlig`ining matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi F.Xayriddinov so`zga chiqib, Transport nazorati inspeksiyasining tashkil etilganligi, maqomi, vazifalari haqida ma`lumot berdi.

Shuningdek, inspeksiya o`z faoliyatini jamoatchilik va OAV bilan hamnafas olib borishni maqsad qilganligi bois, Jamoatchilik kengashi faoliyatini ham har tomonlama qo`llab quvvatlashini bildirdi. Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2023-yil yakunlariga oid tashkilotlarning Ochiqlik indeksi va korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati yuzasidan e`lon qilingan  reytingda Transport nazorati inspeksiyasi qoniqarsiz baholanganini bildirdi. Mazkur reytingdagi holatni yaxshilash yuzasidan Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa tshkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar va rejalar xususida batafsil axborot berdi.

Jumladan, inspeksiya tashkiliy tuzilmasida Axborot xizmati tashkil etilganligi va mazkur bo`lim tashabbusi bilan 2 ta press-tadbir (matbuot anjumani va briffing), sohaga oid qator ochiq muloqot shaklidagi ko`rsatuvlarda ishtirok etilgani bayon etildi. Inspeksiya faoliyati rasmiy sahifalar, mahalliy va xorijiy OAVda keng yoritilayotganini bildirdi. Tanqidiy tahliliy materiallarga tezkor javob berish tizimi ham yo`lga qo`yilganligi ta`kidlandi.

Shundan so`ng Jamoatchilik kengashining raisi, rais o`rinbosari va a`zolari tanishtirildi. Jamoatchilik kengashining yillik rejasi loyihasi yog`ilganlarga taqdim etildi. Reja Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e`lon qilingan reytingdagi kamchiliklarni bartaraf etishni inobatga olgan holda ishlab chiqilgani ta`kidlandi. Reja Jamoatchilik kengashi tomonidan maqullandi.

Jamoatchilik kengashi yig`ilishida a`zolar va inspeksiya xodimlari o`zlarining fikr-mulohazalari va savollari bilan ishtiorok etishdi.

Yuqoridagilarni inobatgaolgan holda, yig`ilish

         QAROR QILADI:

  1. . Transport nazorati inspeksiyasi huzurida Jamoatchilik kengashining dastlabki yig`ilishi otkazilganligi ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Inspeksiya boshlig`ining matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi F.Xayriddinovning hisoboti ma`lumoti uchun qabul qilinsi.
  3. Jamoatchilik kengashining yillik ish rejasi o`rnatilgan tartibda tasdiqlansin hamda inspeksiya rasmiy saytida joylashtirilsin.
  4. Inspeksiyada ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash yuzasidan ishlarni yanada takomillashtirish uchun inspeksiya boshlig`iga taklif kiritilsin.
  5. Mazkur qaror ijrosini o`z zimmamda qoldiraman.
10.05.2024