Yo‘l sohasida yarim yillik hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Transport nazorati inspeksiyasi rahbari J.Karimov boshchiligida markaziy apparat va hududiy bo‘limlar xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yil dastlabki yarim yillikda yo‘l-qurilish ishlarini nazorat qilish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.22y. PQ-374-son qarori talabidan kelib chiqib, yo‘l qurilishi ob’ektlarida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarayotgan tadbirkorlik sub’ektlarida qoidabuzarliklarni oldini olishga qaratilgan 2371 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazilgan.

Hisobot davrida jami 1274 ta (shundan: qurilish – 125 ta,  rekonstruksiya – 192 ta, ta’mirlash – 651 ta hamda qazish ob’eklari - 306 ta) yo‘l qurilish ob’ektlarida nazorat qilish ishlari o‘tkazilishi ta’minlandi. Shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokidagi ob’ektlar - 204 ta  va davlat muassasasi ishtirokidagi ob’ektlar - 1070 ta.

Nazorat qilish ishlari natijasida jami 3194 ta  (shu jumladan: qurilish – 433 ta,  rekonstruksiya – 578 ta, ta’mirlash – 1753 ta, qazish – 430 ta) qoidabuzarliklar aniqlandi.

Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha jami 1191 ta (shu jumladan: buyurtmachilarga – 266 ta, pudratchilarga – 670 ta, qazish ishlariga – 255 ta) bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Bugungi kunda 928 ta ko‘rsatmalardagi 2209 ta qoidabuzarliklarni ijro etish muddati kelgan bo‘lib, amalda 871 ta ko‘rsatmalardagi 2031 ta qoidabuzarliklar bartaraf etildi.

Muddati kelgan, lekin bartaraf etilmagan 57 ta ko‘rsatmalardagi
178 ta qoidabuzarliklar bo‘yicha vakolat doirasida choralar ko‘rilmoqda ya’ni 12 ta holat bo‘yicha taqdimnoma hamda 11 ta holat bo‘yicha tegishli hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.

Bugungi kunda bajarish muddati kelmagan 263 ta ko‘rsatmalardagi
985 ta qoidabuzarliklarning ijrosi hududiy bo‘limlar inspektorlarining nazorati ostiga olingan.

Ko‘rsatmalardagi qoidabuzarliklarni bartaraf etmagan hamda yo‘l qurilishi ob’ektlarida normativ hujjatlari talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan MJTkodeksning 99 va 147 modallari asosida jami 189 ta (shu jumladan: buyurtmachilarga – 39 ta, loyihachiga – 1 ta, pudratchilarga – 96 ta, qazish ishlari bo‘yicha – 53 ta) ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi.

Qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar buzilishlariga yo‘l qo‘ygan tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan 161 ta (shu jumladan: buyurtmachilarga – 77 ta, loyihachilarga - 15 ta, pudratchilarga - 12 ta, qazish ishlari bo‘yicha – 57 ta) taqdimnoma kiritildi. Bugungi kunda bartaraf etish muddati kelgan 141 ta taqdimnomadan 104 tasining ijrosi ta’minlangan.

Nazorat qilish ishlari natijasida 132 ta ob’ektda aniqlangan  9795,86 mln.so‘mlik sifatsiz bajarilgan ishlarning hajmini to‘lovdan chiqarish bo‘yicha buyurtmachilarga talabnomalar kiritildi.

Bugungi ijro etish muddati kelgan 100 ta ob’ektdagi 8583,0 mln so‘mlik sifatsiz bajarilgan ishlar bartaraf etildi, bajarish muddati kelmagan 32 ta ob’ektdagi 1212,86 mln so‘mlik sifatsiz bajarilgan ishlarning ijrosi hududiy bo‘limlar inspektorlarining nazorati ostiga olingan.

Yig‘ilishda har bir hududiy bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar holati ham tahlili qilinib, ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Yarim yillik yakuniga ko‘ra yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirilishga tavsiya etildi. O‘z navbatida suskashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartida intizomiy jazoga tortish masalalari ko‘rib chiqilishi belgilandi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati