Qonunchilikdagi yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi temir yo‘l transportida nazorat hududiy bo‘limi tomonidan Xorazm viloyati Xazorasp tumanida faoliyat yuritayotgan shaxobcha temir yo’llariga ega tadbirkorlik sub`ektlari bilan uchrashuv o`tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 668-son qarori bilan tanishtirib o‘tildi.

Mazkur Qarorda bilan Transport nazorati inspektsiyasi to‘g‘risidagi nizom, Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanganligi hamda 2026-yil 1-yanvardan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlaridan foydalanishi taqiqlanishi to‘g‘risida tushirishlar berildi.

 

 

Axborot xizmati