Положение о подготовке и представлении отчета о состоянии антикоррупционной системы
Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi
kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish
bo‘yicha
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda – Inspeksiya)da korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat yuritishi va korrupsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishi to‘g‘risidagi hisobdorlikni shakllantirish tartibini belgilaydi.
- Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat yuritishi va rivojlanishi masalalari bo‘yicha hisobotlarni (keyingi o‘rinlarda – Hisobotlar) shakllantirish va taqdim etish uchun ma’suliyat Inspeksiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat uchun mas’ul zimmasida (keyingi o‘rinlarda – Ichki nazorat uchun mas’ul) bo‘ladi.
2-bob. Hisobot turlari va uni tuzish davriyligi
- Inspeksiyada quyidagi hisobot turlari nazarda tutiladi:
- a) Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi, shu jumladan, Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi Dasturi yoki yo‘l xaritasi tadbirlarini amalga oshirilishini bo‘yicha hisobot har chorakda Ichki nazorat tuzilmalari tomonidan mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda tuziladi;
- b) Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid davlat dasturida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobot har chorakda Ichki nazorat uchun mas’ul tomonidan mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda tuziladi;
- Hisobot muntazam ravishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda
va muddatlarda, Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holatidan, shuningdek, hisobot davrida korrupsiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilgan yoki yo‘qligidan qat’iy nazar, tuziladi. - Yilning IV-choragi uchun hisobot tuzilmaydi, uning o‘rniga yillik hisobot tayyorlanadi.
- Har choraklik va har yillik hisobot Inspeksiya rahbarlariga
(Inspeksiya hay’atiga) topshiriladi.
Inspeksiyaning Ichki nazorat uchun mas’ul har chorakda, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasidan kechiktirmay har choraklik Inspeksiyaning umumiy hisobotini O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) ko‘rib chiqishi uchun kiritib boradi.
- Inspeksiyaning yillik hisobotidagi umumiy axborot Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Mazkur axborot Inspeksiyaning Ichki nazorat uchun mas’ul tomonidan tayyorlanadi.
3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida
hisobotni shakllantirish tartibi
- Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi hisobot korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini monitoring va nazorat qilish, shuningdek, Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi Dastur yoki Yo‘l xaritasi tadbirlarini amalga oshirilishini monitoring qilish maqsadida tuziladi.
- Hisobot har chorakda Ichki nazorat uchun mas’ul tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay tuziladi va Inspeksiya rahbariga (Inspeksiya hay’atiga) ko‘rib chiqish uchun topshiriladi.
- Hisobotni shakllantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Inspeksiyaning hisoboti Ichki nazorat uchun mas’ul tomonidan tuziladi va Inspeksiya rahbari tomonidan tasdiqlanadi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati to‘g‘risidagi hisobotning biron-bir bo‘limi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmagan taqdirda, tadbirlar amalga oshirilmaganligi sababini ko‘rsatish lozim.
- v) Hisobotlarga kiritilgan axborot tegishli hujjatlar nusxalari
va boshqa ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi kerak; - g) Inspeksiyaning markaziy apparatidagi Ichki nazorat bo‘yicha mas’ul xodim ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan shaklda Inspeksiya tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimning faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi umumiy hisobotni tuzadi hamda qo‘shimcha ravishda unga ushbu Nizomga 1-ilovadagi shakl bo‘yicha Inspeksiya tizimi bo‘yicha tuzilgan hisobotdagi ma’lumotlarni kiritadi.
Hisobotda asosiy axborotni o‘zida aks ettirgan qisqacha ma’lumotnoma va takliflar bo‘lishi kerak. Yillik hisobot o‘z ichiga o‘tgan yilning xuddi shunday ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan solishtirma tahlilni ham qamrab olishi kerak.
- Inspeksiya tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi hisobotlar va Inspeksiya tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi umumiy hisobotni tuzishda Ichki nazorat uchun mas’ul tegishli bo‘linma xodimlaridan zarur hujjatlar, tushuntirish va statistikani so‘rash va olish huquqiga ega.
- Ichki nazorat uchun mas’ul qisqa ma’lumotnoma biriktirilgan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi umumiy hisobotini hisobot davridan keyingi oyning 21-sanasigacha Inspeksiya rahbariga taqdim etadi.
4-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashga oid davlat dasturlarida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi
hisobotni shakllantirish tartibi
- Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid Davlat dasturida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobot ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid Davlat dasturida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobot Ichki nazorat uchun mas’ul tomonidan Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi umumiy hisobot bilan bir vaqtda tuziladi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturida rejalashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilgani to‘g‘risidagi hisobot rahbar tomonidan ko‘rib chiqilgandan keyin Agentlikka yuboriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Inspeksiyaning ichki idoraviy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shichalar kiritilgan taqdirda ushbu Nizom qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga Inspeksiyaning markaziy apparatdagi Ichki nazorat uchun mas’ul tomonidan amalga oshiriladi.
Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha
nizomiga 1-ilova
Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining
faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida hisobot
Inspeksiya nomi: |
|
Hisobotni tayyorlagan xodim (Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun ma’sul): |
F.I.Sh., lavozimi, tuzilmasi |
Hisobot davri: |
|
Hisobot tayyorlangan sana: |
|
T/r |
Tadbirlar guruhining nomlari |
Tadbirlarning nomlari |
Bajarish muddati |
Ma’sul ijrochilar |
Ijro to‘g‘risida belgi |
Ijro etilmagan bo‘lsa, ijro etilishi kutilayotgan muddat |
Bajarilganlikni tasdiqlash, bajarilmagan bo‘lsa sabablari |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
T/r |
Tadbir |
Natijalar |
II. Siyosatlar va protseduralar |
||
1. |
Ichki hujjatlarni moslashtirish |
Inspeksiyada hisobot davri uchun moslashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha choralar yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga oid tartib-taomillarga ega bo‘lgan ichki hujjatlarni (siyosatlar, reglamentlar, standartlar, yo‘riqnomalar va sh.k.) ko‘rsatish zarur. |
2. |
Xavf-xatarli vazifa va tartib-taomillar kesimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirishga oid yangi korrupsiyaga qarshi tartib-taomillar va choralar hamda korrupsiyaga qarshi masalalarni tartibga soluvchi ichki hujjatlarni ishlab chiqish. |
Hisobot davrida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga kiritilgan sohalarni tartibga soluvchi ichki hujjatlarni (siyosatlar, reglamentlar, standartlar, yo‘riqnomalar va sh.k.) ko‘rsatish zarur. |
II. Shaxsiy namuna |
||
3. |
Inspeksiya rahbari va uning o‘rinbosarlarining ichki tadbirlardagi chiqishlari (nutqi). |
3-6-bandlarda Inspeksiya tizimi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarining qonunchilik talablariga rioya qilish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish, tarkibiy bo‘linmada belgilangan korrupsiyaga qarshi nazorat va tartib-taomillarga amal qilishning muhimligi to‘g‘risidagi pozitsiyasi, fikr mulohazalari ochiq e’tirof etilgan tadbirlarni ko‘rsatish lozim. |
4. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ichki kommunikatsiyani tarqatish (Inspeksiya rahbari va uning o‘rinbosarlarining nomidan). |
|
5. |
Inspeksiya rahbari va uning o‘rinbosarlarining OAVdagi fikr-mulohazalari. |
|
III. Xavf-xatarlarni baholash |
||
6. |
Inspeksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar bo‘yicha har yillik baholash o‘tkazish |
Ha o‘tkazilgan\yo‘q o‘tkazilmagan (sabablari ko‘rsatiladi) \ jarayonda (qaysi bosqichdaligi ko‘rsatiladi) |
7. |
Hisobot davri uchun Inspeksiyada ish jarayonda yangi aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va ularning darajalari (yuqori, o‘rta, past). |
Yangi korrupsiyaviy xavf-xatarlar qaysi jarayonlarda aniqlanganligi, ularning darajasi sanab o‘tiladi. Qanday korrupsiyaviy xavf-xatarlar qayta baholandi, yangi daraja, bahoni o‘zgartirish sabablari va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar. Inspeksiyaning korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ilova qilinadi. |
8. |
Hisobot davrida aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tartibga solish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar |
|
9. |
Qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlar soni |
Qoldiq tavakkal yuqori bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning foizdagi nisbati ko‘rsatiladi |
10. |
Qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatar o‘rta va undan past darajagacha kamaytirilgan aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlar soni |
Qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatarlar o‘rta va undan past darajagacha kamaytirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar umumiy soniga foizdagi nisbatini ko‘rsatish zarur. |
IV. Korrupsiyaga qarshi amalga oshiriladigan tartib-taomillar |
||
11. |
Inspeksiyada aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari va qabul qilingan choralar |
Inspeksiyada aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining sonini ko‘rsatish yoki aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari reestrini ilova qilish zarur.
|
12. |
Xodimlar tomonidan har yili manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish. |
Har yillik manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiyalash tartib-taomillaridan o‘tgan xodimlarning Inspeksiyadagi umumiy xodimlar soniga foizlardagi nisbatini ko‘rsatish zarur. Har yili manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyasini amalga oshirishi shart bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiyalash tartib-taomillaridan o‘tgan xodimlarning Inspeksiyadagi umumiy xodimlar soniga foizlardagi nisbatini ko‘rsatish zarur. |
13. |
Ishga olingan xodimlar va nomzodlar ustidan o‘tkazilgan tekshiruvlar soni. |
Inspeksiyaga ishga qabul qilingan xodimlar sonini va Inspeksiyadagi lavozimga nomzodlar tekshiruvi sonini ko‘rsatish zarur. Tekshiruv o‘tkazilmagan bo‘lsa sababini ko‘rsatish zarur. |
14. |
Hisobot davrida o‘tkazilgan kontragentlar tekshiruvlari soni |
Hisobot davrida o‘tkazilgan kontragentlar tekshiruvlari sonini, tekshiruvlar natijalari bo‘yicha ijobiy va salbiy xulosalarning foizlardagi nisbatini ko‘rsatish zarur. Tekshiruv o‘tkazilmagan bo‘lsa sababini ko‘rsatish zarur. |
15. |
Amalga oshiriladigan boshqa korrupsiyaga qarshi tartib-taomillar |
Mavjud bo‘lganda ushbu bo‘limda ko‘rsatilmagan boshqa amalga oshiriladigan korrupsiyaga qarshi tadbirlarni ko‘rsatish. |
V. Ta’lim va kommunikatsiya |
||
16. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha treninglar o‘tkazish: barcha xodimlar uchun; korrupsiyaviy tavakkallchilikka eng ko‘proq moylilik ehtimoli bo‘lgan vazifalarni bajaruvchi bo‘linmalar uchun. |
Treninglar turi va shakli, o‘qitilgan xodimlar soni, ularning lavozimlari darajasi va bo‘linmalarni ko‘rsatish.
|
17. |
Inspeksiyaga yaqinda ishga olingan xodimlar uchun treninglar o‘tkazish. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha treninglardan (umumiy, tanishuv) o‘tgan yangi xodimlarni umumiy yangi xodimlar soniga foizlardagi nisbati treninglar mavzusi kesimida ko‘rsatish. |
18. |
Xodimlarning korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablari va bo‘linmada amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi choralardan xabardorligini oshirishga oid boshqa tadbirlar |
Tadbir ishtirokchilarning maqsadli guruhini, ularni soni (imkoni bo‘lsa), mavzusi va turini (masalan, tanlovlar, viktorinalar, so‘rovnomalar va b. ko‘rsatiladi) va uning yakunlarini ko‘rsatish. |
19. |
Korrupsiyaga qarshi kurash uchun ma’sullar tomonidan bajarilgan korrupsiyaga qarshi kurash me’yorlari mavzusida axborot- tarqatma materiallari. |
Korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga amal qilish zaruriyati to‘g‘risidagi, shu jumladan, ularning to‘g‘ri talqin qilinishi va ularga to‘g‘ri amal qilish to‘g‘risidagi xabarnoma va boshqa tarqatma materiallar. |
20. |
Xodimlarnining ahloq-odob madaniyatini shakllantirish, ularni korrupsiyaga qarshi kurash tizimi va korrupsiyaga qarshi qonunchilikning talablari xaqida xabardor qilishning boshqa usullari. |
Masalan, binolardagi axborot plakatlari va boshqa materiallar, skrinsvayerlar, ishchi kompyuterlar ekraniga qo‘yiladigan suratlar va boshqalar. |
21. |
Fuqarolik jamiyati va bo‘linma kontragentlari uchun korrupsiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish |
Fuqarolik jamiyati vakillari uchun korrupsiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishning soni, nomlanishi, mohiyati va natijalarini ko‘rsatish (masalan, korrupsiyaga qarshi kurash kuni, korrupsiyaga qarshi mavzudagi ishlar tanlovi). Shartnomalariga korrupsiyaga qarshi qo‘gshimcha shartlar kiritilgan yangi kontragentlarning yangi kotragentlarning umumiy soniga foizlardagi nisbati. |
VI. Korrupsiyaviy xatti-xarakalar va qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlar. Ta’sir choralari |
||
22. |
Xatti-xarakatlar, shu jumladan, potensial xatti-xarakatlar uchun aloqa kanallariga kelib tushgan xabarlar soni |
Xabarlar sonini quyidagi ma’lumotlarni ham kiritgan holda ko‘rsatish: kelib tushgan sanasi kelib tushgan aloqa kanali, xabar mavzusi, tegishli hisobotni ilova qilish. |
23. |
Xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan; Korrupsiyaga qarshi qonunchilik buzilganligi to‘g‘risida tasdiqlangan holatlar (shu jumladan, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va maqolalar kesimida) aniqlangan; Bo‘linmada belgilangan korrupsiyaga qarshi nazorat va tartib-taomillarning buzilish holatlari aniqlangan (shu jumladan, ichki hujjatlar kesimida); Aybdorlar aniqlangan holatlar soni. |
Har bir band bo‘yicha holatlar sonini ko‘rsatish. |
24. |
Qabul qilingan ta’sir choralari. |
Qanday korreksiyalash choralari, shu jumladan, intizomiy choralar, ichki nazorat tizimida qanday kamchiliklar aniqlandi va nazoratni kuchaytirish uchun qanday choralar taklif qilindi. |
VII. Monitoring va nazorat |
||
25. |
Hisobot davrida mavjud korrupsiyaga qarshi kurashish talablar, nazorat tadbirlari va tartib-taomillar bajarilishi ustidan tekshiruvlar o‘tkazilganligi |
Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mas’ullar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv tadbirlarini, shu jumladan, ularning sonini quyidagi kesimda ko‘rsatish Tekshiruv ob’ektlari (boshqarma, bo‘lim); Tekshiruv mavzusi (masadan, xaridlar, kadrlar); Tekshiruv tadbirlari turi (audit, tavakkal tranzaksiyalari monitoringi yoki protseduralari va b.); Tekshiruv tadbirlari xarakteri (rejali, rejadan tashqari). |
26. |
Bo‘linmada belgilangan nazorat tadbirlari va tartib-taomillar buzilish holatlari aniqlanganmi va ularga nisbatan qo‘llanilgan ta’sir choralari? |
Qaysi tartib-taomil yoki vazifani bajarishda qanday qoidabuzarliklar aniqlangan? Aniqlangan holatlar sonini ko‘rsatish. Vazifa va tartib-taomillarni bajaruvchi shaxslar uchun qanday tavsiyalar tayyorlangan. Ular qanday rasmiylashtirilgan (masalan, buyruq yoki boshqa ichki hujjatlar)? |
Xulosalar: Hududiy va tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiyaga qarshi choralarni amalga oshirishning asosiy natijalarini ko‘rsatish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi holatiga umumiy baho berish, zaruriyat tug‘ilganda avvalgi davrlar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslama tahlil o‘tkazish, qoniqarli natijalarga erishganlik yoki erishmaganlik sabablarini ko‘rsatish zarur.
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar va korreksiyalovchi tadbirlar rejasi: kelgusi hisobot davrida hisobdorlikning alohida elementlarini yaxshilash imkonini beruvchi asosiy tadbirlarni ko‘rsatish zarur.
Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy
bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi kurash
tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni
shakllantirish va taqdim etish
bo‘yicha nizomiga 2-ilova
Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida
202___ yil ___-chorak uchun
UMUMIY HISOBOT
- Inspeksiyaning Korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar dasturi bajarilgani to‘g‘risida umumiy axborot[1]
Inspeksiya tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarning amalga oshirilgani to‘g‘risidagi qisqa ma’lumot, shu jumladan markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalar kesimida korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirgan bo‘linmalar sonini ko‘rsatish zarur;
Hududiy va tarkibiy bo‘linmalar kesimida Korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarni amalga oshirmagan bo‘linmalar ko‘rsatiladi, shuningdek, hisobotga ilovada ularning nomi, amalga oshirilmagan tadbirlar va qisqacha-asosiy sabablarini alohida ko‘rsatish lozim.
- Siyosat va tartib-taomillar
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sohalarni tartibga soluvchi, va hisobot davrida markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalar kesimida tatbiq etilgan korrupsiyaga qarshi sohasiga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy va ichki hujjatlar (siyosatlar, reglamentlar, standartlar, yo‘riqnomalar va shu kabilar)ni ko‘rsatish lozim.
III. Xavf-xatarlarni baholash[2]
Inspeksiya tomonidan xavf-xatarlarni baholash amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi axborot, shu jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni amalga oshirgan va o‘zlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlar matritsasini yangilagan markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalar kesimida ko‘rsatish kerak;
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni amalga oshirmagan hududiy va tarkibiy bo‘linmalari soni viloyatlar, Inspeksiyaning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida ko‘rsatiladi, shuningdek hisobotga ilovada ularning nomi va ularning bajarilmaganligi sabablari qisqacha ko‘rsatiladi;
Baholash jarayonida yangi aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlar markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida ko‘rsatiladi. Shuningdek, hisobot davrida aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni boshqarish bo‘yicha taklif etilgan va amalga oshirilgan tadbirlar qayd etiladi;
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning toifalar bo‘yicha nisbati (yuqori, o‘rta, past) hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida ko‘rsatiladi;
Hududiy va tarkibiy bo‘linmalar kesimida Inspeksiya uchun yuqori bo‘lgan qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatarlar, shuningdek, ko‘rsatilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish uchun taklif etilayotgan tadbirlarni ko‘rsatish lozim (mavjud bo‘lgan taqdirda).
- Amalga oshiriladigan korrupsiyaga qarshi kurashish tartib-taomillar
Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish
Manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyalangan va tartibga solingan holatlari soni, shu jumladan, ishga qabul qilish, har yillik deklaratsiyalash jarayonida[3] (mavjud bo‘lgan taqdirda), markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalar kesimida ko‘rsatiladi;
Inspeksiyada manfaatlar to‘qnashuvini markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida manfaatlar to‘qnashuvining yillik deklaratsiyasi tartib-taomillaridan o‘tgan xodimlarning umumiy xodimlar soniga foizlardagi nisbati, shuningdek, deklaratsiyalangan va tartibga solingan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari qayd etiladi;
Inspeksiya bo‘yicha rejalashtirilgan manfaatlar to‘qnashuvining har yillik deklatsiyalanadigan manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan ko‘rsatkichlari bajarilmagan hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida tahliliy ma’lumotlarni keltirish kerak (masalan, manfaatlar to‘qnashuvini barcha rahbarlar deklaratsiyalashi lozim, amalda esa faqat 50% gina rahbar buni bajargan);[4]
Hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida Inspeksiya tizimida aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi va qabul qilingan choralar bo‘yicha, shu jumladan, umumiy soni va toifalar kesimida (masalan, xarid protseduralaridagi, ish bo‘yicha bevosita bo‘ysunish natijasida va shu kabilarda) tahliliy ma’lumotlarni keltirish lozim.
Korrupsiyaga qarshi qoidalarni Inspeksiya sharnomalariga kiritish
Korrupsiyaga qarshi qoidalarni Inspeksiyaning xo‘jalik shartnomalariga (shartnomalarning foizli nisbati) kiritish bo‘yicha, shu jumladan markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimidagi kontragentlar tahririda tahliliy ma’lumotlarni keltirish, kontragentlarning korrupsiyaga qarshi qoidalarni shartnomalarga kiritishni rad etish sabablarini ko‘rsatish;
Markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida Inspeksiya tizimida kontragent tomonidan korrupsiyaga qarshi qoidalar buzilishi sababli shartnomalarni bekor qilish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni ko‘rsatish.
Kontragentlarni tekshirish
Hisobot davrida kontragentlar bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar soni, ijobiy va salbiy xulosalarning foizlardagi nisbati markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalar kesimida ko‘rsatiladi.
Ishga nomzodlarni tekshirish
Markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida Inspeksiya tizimiga ishga kirish uchun nomzodlar ustidan o‘tkazilgan tekshiruvlar sonini ko‘rsatiladi.
- V. Ta’lim va kommunikatsiya
Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha o‘qitishning natijalarini markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida: o‘qitilgan xodimlarning foizdagi nisbati, ta’lim shakli (bevosita/onlayn) ko‘rsatiladi;
Markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida Inspeksiya tizimi bo‘yicha o‘qitish darajasi past bo‘lgan korrupsiyaga qarshi ko‘nikmalarga oid axborot ko‘rsatiladi (rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga taqqoslangan holda);
Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kommunikatsiya turlari va sonini hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida (masalan, tarqatmalar, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish) ko‘rsatiladi;
Bo‘limda shuningdek, Inspeksiya tizimida o‘tkazilgan keng ko‘lamli alohida tadbirlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
- VI. Korrupsiyaviy xatti-harakatlar va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlar
Hisobot davrida xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari, manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaga qarshi boshqa qonunbuzarliklar bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risidagi aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlar markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida ko‘rsatiladi;
Mansab vazifalari va tartib-taomillar kesimida olingan tahliliy ma’lumotlar (masalan, xaridlar jarayonida, xodimlarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq tartib-taomillarda) keltiriladi;
Olingan xabarlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar qoidabuzarliklar kesimida keltiriladi (masalan, korrupsiyaviy xatti-harakatlar, manfaatlar to‘qnashuvi, kelishuv tartib-taomillarini protseduralarini buzish va boshqalar);
Olingan xabarlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar aloqa kanallari kesimida keltiriladi (masalan, ishonch telefoni, bevosita xabar berish va boshqalar).
VII. Monitoring va nazorat[5]
Markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida hisobot davrida Inspeksiya tizimi tomonidan mavjud korrupsiyaga qarshi talablar, nazorat tadbirlari va tartib-taomillarning bajarilgani to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar keltiriladi, shu jumladan, tekshiruvlar o‘tkazilgan Inspeksiyalar soni, shuningdek, tekshiruv o‘tkazilgan vazifalar va tartib-taomillarining davriyligi va xarakteri to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar (rejadagi, rejadan tashqari) ko‘rsatiladi;
Hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida tekshiruvlar o‘tkazilmagan bo‘linmalar soni alohida ko‘rsatiladi, ilovada ularning nomi hamda tekshiruvlar o‘tkazilmaganligining asosiy sabablari qisqacha qayd etiladi;
O‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari to‘g‘risidagi umumiy axborot ko‘rsatiladi shu jumladan, ijobiy va salbiy xulosalarning foizlardagi nisbati qayd etiladi. Qoidabuzarliklar mavjud bo‘lsa, mazkur hisobotning VIII-bo‘limga havola beriladi.
VIII. Aniqlangan qoidabuzarliklar va ularga ta’sir choralari
Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi talablarning buzilganligi to‘g‘risida markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida tahliliy ma’lumotlarni ko‘rsatiladi, shu jumladan:
qoidabuzarliklarning umumiy soni;
qoidabuzarliklarning qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi axborot manbalari bo‘yicha tuzilmasi (“ishonch telefoni”, bevosita xabar berish, monitoring va nazorat natijalari va boshqalar);
Inspeksiya ichki hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalar va tartib-taomillar bo‘yicha (xaridlar, xodimlarga oid masalalar va b.) qoidabuzarliklar tuzilmasi;
Inspeksiyada qabul qilingan ta’sir choralari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlarni hududiy va tarkibiy bo‘linmalari kesimida ko‘rsatish, shu jumladan:
o‘tkazilgan umumiy tadbirlar soni va aniqlangan barcha qoidabuzarliklar bo‘yicha ta’sir choralar ko‘rilganligi yoki ko‘rilmaganligi;
ta’sir choralari turlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar (aybdorlarni javobgarlikka tortish, shu jumladan, javobgarlik turlari kesimida, Inspeksiya tizimi jarayon va ichki hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish va boshqalar), shu jumladan, zarur bo‘lgan holda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qanday tadbirlarni tatbiq etish taklif etilmoqda va hisobot davrida qanday tadbirlar tatbiq etilganligi ko‘rsatiladi.
- IX. Xulosalar
Inspeksiya tizimida markaziy apparat va hududiy bo‘limlari kesimida korrupsiyaga qarshi choralarni amalga oshirishning asosiy natijalari ko‘rsatiladi, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holatiga umumiy baho beriladi. Zaruriyatga ko‘ra avvalgi davrlardagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslama tahlil o‘tkaziladi, qoniqarli natijalarga erishganlik yoki erishmaganlik sabablarini qayd etiladi.
- Korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar va tadbirlar rejasi
Keyingi hisobot davrida Inspeksiya tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining alohida ko‘rsatkichlarni markaziy apparat va hududiy bo‘limlar kesimida yaxshilash imkonini beruvchi asosiy tadbirlar ko‘rsatiladi.
Transport nazorati inspeksiyasi va hududiy bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha nizomiga 3-ilova
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturida rejalashtirilgan
tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi
HISOBOT
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Amalga oshirilgan choralar |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
[1]Ushbu bo‘limda va keyingi o‘rinlarda hisobotning har bir bo‘limi bo‘yicha quyidagilarni ko‘rsatish kerak:
Birlashgan ko‘rinishda markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalar kesimida hisobot davri uchun ma'lumotlar. Agar zaruriyat bo‘lsa, alohida bo‘linmalar va ular bo‘yicha ma'lumotlarni ko‘rsatish;
Zaruriyat tug‘ilganda avvalgi davrlar ko‘rsatkichlari bilan solishtirma tahlil o‘tkazish, qoniqarli natijalarga erishganlik/erishmaganlik sabablarini ko‘rsatish lozim.
[2] Bo‘lim faqat har yillik hisobot davrida to‘ldiriladi. Mazkur bo‘limda Inspeksiya tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarni baholashni o‘tkazish uslubiyotiga muvofiq amalga oshirilgan xavf-xatarlarni baholash natijalari bo‘yicha tahliliy axborot aks ettiriladi.
[3] Manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish hisobot davrida bajarilgan bo‘lsagina axborot to‘ldiriladi.
[4] Axborot faqat yillik hisobotda to‘ldiriladi.
[5] Inspeksiyada hisobot davrida Korrupsiyaga qarshi proseduralariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish metodikasiga muvofiq o‘tkazilgan tadbirlar yakunlari bo‘ycha umumiy tahliliy axborot aks ettiriladi.
Борьба с коррупцией
- Нормативно-правовые акты по борьбе с коррупцией
- Политика инспекции по борьбе с коррупцией
- Инспекция ва ҳудудий бўлинмаларида коррупциявий хавф-хатарларни баҳолаш Услубиёти
- Инструкция по проверке контрагентов
- Правила получения и просмотра сообщений о коррупции
- Положение о подготовке и представлении отчета о состоянии антикоррупционной системы
- Положение о конфликте интересов
- Инструкция по организации обучения сотрудников инспекции транспортного контроля и региональных управлений в области этики и борьбы с коррупцией
- Инструкция о проверке кандидатов на работу в инспекции транспортного контроля и райотделы
- Методология в инспекции транспортного контроля и райотделах Мониторинг и контроль эффективности антикоррупционных процедур
- Контакты
- Отчет о рассмотрении случаев коррупции