Navoiy viloyatida seminar tashkil etildi
Temir yo‘l transportida nazorat Buxoro hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan Navoiy viloyatidagi “Tinchlik” lokomotiv deposida o‘quv – seminari o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda stansiya va depo rahbarlari, foydalanish bo‘yicha o‘rinbosarlar, mashinist yo‘riqchisi, mashinist va mashinist yordamchilari hamda boshqa ishchi xodimlar bilan harakat xavfsizligi, temir yo‘llarda poezdlar bilan insonlar to‘qnashuvlari, ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bolalarni vagonlar ustiga chiqib yuqori kuchlanishga tushib qolish holatlari, shoxobcha yo‘llarida mashinistlar tomonidan aniqlanayotgan kamchiliklar hamda bartaraf etilishi nazoratga olish bo‘yicha tushuntirish berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati