Inspeksiyasi boshligʻi Jamshid Karimov “Temiryoʻlekspress” AJ ga tashrif buyurdi
Joriy yilning 22-yanvar kuni "Poyezdlar harakati xavfsizligi" kunida Transport nazorati inspeksiyasi boshligʻi Jamshid Karimov “Temiryoʻlekspress” AJ ga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Temiryo‘lekspress” AJ bosh direktori D.X.Xojiakbarov harakat xavfsizligini ta'minlash hamda tizim samaradorligini oshirish va jamiyatning elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
Shu bilan birga yuqori tezlikdagi temiryo‘l transportining samarali ishlashini ta’minlash, hamda transport tizimining rivojlanishiga qaratilgan strategik loyihalar haqida ma’lumotlar berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati