Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshlandi
Bugun Transport nazorati inspeksiyasida tadbirkorlik subyekti vakiliga harakatdagi tarkibni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganini tasdiqlovchi ilk Guvohnoma inspeksiya boshlig‘i Jamshid Karimov tomonidan topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga (https://lex.uz/docs/6694131) asosan «Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish» axborot tizimi yaratildi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat ko‘rsatilmoqda.
“Azia trans terminal” MChJ korxonasining harakatdagi tarkibni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qoldirgan arizasi inspeksiya xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda tegishli tartibda o‘rganilib, ijobiy xulosa berildi.
Asosiy maqsad temir yo‘l transporti nazorati sohasida harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularni hisobga olish va yagona reestrini yuritish jarayonlarini raqamlashtirilishini ta’minlashdir.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati