Harakat xavfsizligini ta’minlashda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Transport nazorati inspeksiyasi Temir yo‘l transportida nazorat Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi, "Temiryo‘linfratuzilma" AJ "Termiz MTU" qarashli Darband stansiyasida poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha infratuzilma korxonalari ishchi xodimlari, "Yagona dispecherlik markazi" poezd dispecherlari hamda IIB XTB xodimlari ishtirokida kengaytirilgan seminar tadbiri o‘tkazildi.

Seminarda harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning takrorlanishini oldini olish bo‘yicha tushuntirish berildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati