Davlat dasturining mazmun-mohiyati tushuntirildi

Bugun Transport nazorati inspeksiyasida “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli islohatlarni 2025-yilda amalga oshirish va 2025-yil “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” Davlat dasturini mazmun mohiyati va ustuvor maqsad va vazifalariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori Feruza Muhitdinova Davlat dasturida belgilangan vazifalar haqida batafsil tushuntirish berdi.

Muloqot davomida qayd etilganidek, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan maqsad-vazifalar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish uchun o‘ziga xos “yo‘l xaritasi” vazifasini o‘taydi. Mazkur Strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlarning eng ustuvor vazifasidir.

Strategiyada 100 ta maqsad 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib har bir maqsad fuqarolarimizga – qulay imkoniyat, muayyan yengilliklar yaratishga mo‘ljallangan.

Ushbu strategiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – islohotlar samaradorligini oshirish, davlat va jamiyatning jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholi farovonligiga erishishdir.

Aholi orasida sog‘lom turmush tarzi, xususan, tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom ovqatlanish, kunlik yurish va yugurishni targ‘ib qilish “yashil transportda”, shu jumladan, velosipedda harakatlanishni rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati