697469 ta yuk avtomibili tarozi nazoratidan o‘tkazildi
Avtomobil yo‘llarining soz holatgda saqlanishini taʼminlash, sifat ko‘rsatkichlari buzilishini oldini olish maqsadida Transport nazorati inspeksiyasi, YHXB va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillarining vazn parametrlari belgilangan meʼyorlarga amal qilgan holda harakatlanishini nazorat qilish maqsadda nazorat-reyd va profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
Joriy yilning 9 oyi davomida qo‘shma reydlar davomida 697469 ta yuk avtomobilining vazn parametrlarini aniqlash uchun tarozi nazoratidan o‘tkazildi. Belgilangan meʼyorlardan ortiqcha yuk bilan harakatlanib, qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan 3572 nafar haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Barcha yuk avtomobillari haydovchilaridan qonunchiligimizda belgilangan meʼyorlarga (https://lex.uz/uz/docs/1923902) amal qilib harakatlanishlarini so‘rab qolamiz.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati