Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘ining shaxsiy qabuli o‘tkazildi
Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i J.Karimov (videokonferensaloqa orqali), Transport vazirligi va inspeksiya murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshliqlari, Xorazm viloyati Transport boshqarmasi hamda Avtomobil va suv transportida nazorat hududiy bo‘lim boshliqlaridan iborat ishchi guruh tomonidan vazirlik binosida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Shaxsiy qabul jarayonida tashuvchi - “Shovot avto servis” MChJ ta’sischisi J.Yaxshimuratov tomonidan boshqa tashuvchilar u tenderda g‘olib bo‘lgan yo‘nalishda yurayotganligidan noroziligi hamda ushbu tashkilotlar ustidan tekshiruv o‘tkazib, tegishli choralar ko‘rish, shuningdek, Xorazm viloyati hududiy davlat inspektori faoliyatidan noroziligi va boshqa masalalarda murojaat qildi.
Murojaatda keltirilgan masala yuzasidan Inspeksiya boshlig‘i boshchiligida ishchi guruh Xorazm viloyatiga xizmat safari bilan borib, mazkur masalalarni joyida ijobiy hal etilishi choralari ko‘rilishi yuzasidan murojaatchiga tushuntirish berildi.
Qabul yakunlari bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga nazoratga olingan har bir murojaatni o‘z vaqtida, qonun doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati