8 - dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Bosh qomusimiz hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalar hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi, yuridik fanlar nomzodi D.Yakubova ishtirok etdi. Tadbir Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.
Mazkur davra suhbatida “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlari onlayn qatnashishdi hamda Konstitutsiyamiz va madhiyamiz to‘g‘risida ko‘plab muhim maʼlumotlarga ega bo‘lishdi. Jumladan, konstitutsiyamiz yaratilish tarixi, qabul qilinishigacha bo‘lgan jarayon, kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar haqida so‘z yuritildi.
Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati