Inspeksiya boshlig'ining ma`ruzalari
Temir yo‘llarda tashishlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan inspeksiyaning markaziy apparati va hududiy filiallari tomonidan
2022 - yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
H I S O B O T
2022 - yilning 12 oyi davomida “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 19 - apreldagi 337-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan asosiy vazifalarga muvofiq amalga oshirildi.
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtiruvchi vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bo‘yicha:
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish bo‘yicha reja-jadvalga asosan, 2022 - yilning 12 oyi davomida jami 220 ta korxona va tashkilotlarda tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida, temir yo‘lllarda tashishlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar, poezdlar harakati xavfsizligini tartibga soluvchi normativ hujjatlarning mavjudligi, xodimlarning sifat tarkibi masalallariga alohida e’tibor qaratildi.
2022 - yilning 12 oyi davomida quyidagi 220 ta korxonada tekshirish o‘tkazildi: "O'ZBEKKO'MIR" AJ, "O`ZTEMIRYO`LYO`LOVCHI" AJ, "HUDUDGAZ NAMANGAN" MCHJ, "FARG'ONA SAIDAXMAD" MCHJ, "NAMANGAN QURILISH" MCHJ, "SHIRIN GAZ SERVIS" MCHJ, “DIYOR PLUS SALT” MCHJ, “QONIRAT MEXANIZATSIYA QURILIS” MCHJ, “NUKUS XALQARO AEROPORTI” MCHJ, "O'ZVAGONTA'MIR" AJ, "MOVE FORWARD GROUP" MCHJ, "MADANIY MOLLARI" MCHJ, "MEGA STORAGE" MCHJ, "ORIGINAL GOLD CERAMIC" MCHJ, "MEGASTROY PLYUS" MCHJ, "FARG'ONA NEFT BAZASI" MCHJ, "OLTIARIQ GAZ TO'LDIRISH" MCHJ, "NAMANGAN KAR'ER" MCHJ, "QO'QON BIOKIMYO" AJ, "BUXOROENERGOMARKAZ" AJ, "505-SON MKMK" MCHJ, "BUXORO GO'SHT-SUT SAVDO" AJ, "OQTOSH DON" AJ, "XO'JAYLI TUMAN YO'LLARDAN FOYDALANISH" UK, "XOJELI-SHAXNOZA" MCHJ, "ATIYAJ-GULZAR" MCHJ, "O`ZBEKNEFTGAZ" AJ, "QARSHI NEFT BAZASI" MCHJ, "SURXONDARYO YO'L QURISH-TA'MIRLASH" MCHJ, "AMMOFOS-MAXAM" AJ, "MAXAM-CHIRCHIQ" AJ, "FLOUR STAR SERVICE" MCHJ, "BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI" AJ, "AVA-TEN" MCHJ, "GREAT FINANCE" MCHJ, "WOODMAN GROUP" MCHJ, "FARG'ONA TEXNIK TA'MINLASH VA BUTLASH" SHK, "TO`RAQO`RG`ON NEFT BAZASI" MCHJ, "QUVASOYSHIFER HRIZOTIL" MCHJ Qo'shma korxona, "AL-ME`MOR-A" MCHJ, "NAVOIY TEMIR YO'L TRANSPORTI" DUK, "NAVOIY XALQARO AEROPORTI" MCHJ, "BUXORO TEMIR BETON" MCHJ, "DOSTONBEK SARMOYASI" OK, "QARAQALPAQ GO'SHT-SUT SAUDA" AJ ulgurju hududiy baza, "URGANCH QURILISH BETON" MCHJ, «TEXTILE FINANCE KHOREZM» MCHJ, «SHIMBOY DON» MCHJ, "EKSPRES TEMIR BETON SERVIS" MCHJ, "TERMIZ HUSUSIY MEHMONXONASI" XK, "BESHQO`TON FAYZ QURILISH INVEST" MCHJ, "OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI" AJ, "DAVIR-PARADISE" xususiy korxonasi, "ELKABSAVDO" MCHJ, "OHANGARON GAZ TO'LDIRISH SHAHOBCHASI" MCHJ, Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "CAMPALIA" xorijiy korxonasi, "YOQUT" MCHJ, "FARG'ONAULGURJISAVDO" MCHJ, "UZAUTO MOTORS" AJ, "QO'QON GIPS" MCHJ, "BUXORO YO'LLARDAN MUNTAZAM FOYDALANISH" UK, "NEW TECH SAMARKAND" MCHJ, "NAVOIY-XUMO" MCHJ, "UChQUDUQ NEDRA" MCHJ, "STROY VEKTOR" MCHJ, "BUNYODKOR-MEROS" MCHJ, "PARVOZ XORAZM" xususiy korxonasi, "QONIRAT UN ZAVODI" AJ, "QARSHI GAZ TO'LDIRISH SHAHOBCHASI" MCHJ, "JARQO'RG'ON QURILISH KONSTRUKTSIYALARI" MCHJ, "NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI" AJ, "NAVOIYURAN" DK, "QO'YLIQ KO'PRIKLAR TEMIRBETON QURILMALAR TAJRIBA ZAVODI" UK, "OLTIN TEGIRMON" MCHJ, "ZAFAR-I" XK, "NICE LAND" MCHJ, "VODIY TERMINAL TRADE" XK, "KOKAND GOLD FUTURE" MCHJ, "NAMANGAN EVRO QURILISH DIZAYN" MCHJ, "PASTDARGOM SAVDO SERVIS" MCHJ, "CHOPON-OTA MARS-M" oilaviy korxonasi, "SAMARKAND INVEST STROY SERVIS TORG" oilaviy korxonasi, Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi "BUXOROGIPS" qo'shma korxonasi, "TURTKUL NON" MCHJ, "TO'RTKO'L TUMAN YO'LLARDAN FOYDALANISH" UK, "TO'RTKO'L SHISHA IDISHLARI" MCHJ, "XORAZM SHAKAR" MCHJ, "SULTON TEX GROUP" MCHJ, "TERMIZ PARRANDACHILIK FABRIKASI" MCHJ", O`ZTEMIRYO`LYO`LOVCHI" AJ, "O'ZBEKISTON METALLURGIYA KOMBINATI" AJ, "LEGEND CERAMICS GROUP" MCHJ, "MATLUBOTCHI" MCHJ, "UZKABEL" AJ, "TOSHKENT DEVOR PANELLARI ZAVODI" MCHJ, "SOSNA EKSPORT IMPORT" XK, "QISHLOQ XO'JALIK SANOATI" MCHJ, "BEBAXO BIRNES XAMROH" MCHJ, "NEFTEGAZUSKUNAMONTAJ" UK, "NAVOIY MILLING" MCHJ XK, "YOSHLIK TENNIS KLUBI" MCHJ, "QOROVULBOZOR TEXNIK TA'MINLASH VA BUTLASH" SHK, "CHIMBOY TUMAN YO`LLARDAN FOYDALANISH " UK, "BOG'OT DON" AJ, "XONQA DON MAHSULOTLARI" AJ, "DON-XALQ RIZQI" AJ, "NORDBERG BERGTAND SHAG`AL SARALASH" MCHJ, "CHIRCHIQ TRANSFORMATOR ZAVODI" АJ, "ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI" АJ, "TAYYORLOV SAVDO" MCHJ, "MIR ECOGEO" MCHJ, "NATIONAL CERAMICS" MCHJ, "BEK-YUS TRADE" XK, "UZ-PRISTA RECYCLING" MCHJ, "QO'QON YOG'-MOY" АJ Qo'shma korxona, "MUXAMMADALI BIZNES ZIYO" MCHJ, "TEMIR BETON AXTACHI" MCHJ, "BUXORO GYPSUM" MCHJ shaklidagi qo'shma korxonasi, "AFROSIAB-MRAMOR" MCHJ, "SAM-ANTEP-GILAM" MCHJ, "KAMANGARON - OIL TRADE" MCHJ, "SHOVOT DON MAHSULOTLARI" AJ, "JANUBGAZ BUTLASH VA QURILISH QURILMALARI" UK, "XORAZMQURILISH" MCHJ, "SHAHRISABZ PAXTA TOZALASH" АJ, "SHAHRISABZ NORUDA MATERIALLARI" MCHJ, "FARG`ONAAZOT" AJ, "FARGONA NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI" MCHJ, XAYTMETOV ODILBEK AZADOVICH, "PALISANDR" MCHJ, "OHANGARON RUSTAM AGRO" MCHJ, "QALDIRG`OCH-LASTOCHKA" MCHJ, "INDORAMA KOKAND FERTILIZERS AND CHEMICALS" АJ, "SPRING SUCCESS" MCHJ, "KNAUF GIPS BUXORO" MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi, "ROYAL ASIAN BLACK GOLD" MCHJ, "AFRUZBEK QURILISH SERVIS" MCHJ, "QORAKO'L GRANIT" MCHJ, "XORAZM BAXT TA'MINOT" MCHJ, "URGANCH FARANGIZ DIYORBEK" MCHJ, "INTER-TAFT" MCHJ, "BERUNIY BUG`DOY KLASTER " MCHJ, "MADAD PLYUS HAMKOR SAVDO" MCHJ, "TERMINAL LOGISTIC" MCHJ, "SADAF GOLD OIL" MCHJ, "QO'QON MINTAQAVIY TEMIR YO'L UZELI" UK, "ILG'OR INVEST" MCHJ, "MISTER SUNRISE" MCHJ, "MIRVALI" MCHJ, "TOP OIL" MCHJ, "ORION MEGA SERVIS" MCHJ, "MULTIMODAL TRANS TERMINAL" MCHJ, "QURILISH MATERIALLARI KOMBINATI" MCHJ, "OPEN-ROADS-SERVIS" MCHJ, "ALLIGATOR PLYUS" MCHJ, "POINT VISION" MCHJ shaklidagi qo'shma korxonasi, "ROMITAN YO'LLARDAN MUNTAZAM FOYDALANISH" UK, "NUR JAXON PRESS PLUS" MCHJ, "SISTROM URGENCH" MCHJ, "LUX TEAM" MCHJ, "QASHQADARYO YO'LLARDAN MUNTAZAM FOYDALANISH" UK, "TEXNIK TA'MINLASH VA BUTLASH" MCHJ, "BUXORO MINTAQAVIY TEMIR YO`L UZELI" UK, "NAZARBEK SERVIS" MCHJ, "NAZARBEK TEX" MCHJ, "IMKON BARAKA SERVIS" MCHJ, "AFROSIYOB PARRANDA" MCHJ, "ANDIJON" MCHJ, "AZIA KRAFT" MCHJ, "QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI" MCHJ, "KONCHI" MCHJ shaklidagi QK, "CHORI MEGA MONTAJ" MCHJ, "AFSONA URGANCH" MCHJ, "AZUR KOMPAKT SERVIS" MCHJ, "UZTEX GROUP" MCHJ, "SHOXSUVOR" MCHJ, "TEGIRMON HOUSE" MCHJ, "QO'NG'IROT MINTAQAVIY TEMIR YO'L UZELI" UK, "CHINOBOD NEFT BAZASI" MCHJ, "KUCHLIK NEFT BAZA" MCHJ, "MASTER GLOBAL PLYUS" MCHJ, "BIOKIMYO" АJ, "YANGIYO'L YOG'-MOY" АJ, "DILOROM HAMKOR SAVDO" MCHJ, "NEFTGAZ MONTAJ GROUP" MCHJ, "M.S.S.-2001" OK, "AZIA KRAFT KOKAND" MCHJ, "ZIYO FAYZ QURILISH" MCHJ, """YAKKATUT PAXTACHILIK G`ALLACHILIK SHOLICHILIK VA URUG`CHILIK, KLASTERI"" MCHJ", "TEMURBEK QURILISH SERVIS" MCHJ, "SEVARA-ZARNIGOR" MCHJ, "ILG'OR" kombinati, "TAXIATOSH NEFT BAZASI" MCHJ, "VINETSIYA" MCHJ, "HUDUDGAZTA`MINOT" АJ, "MEGA TRADE POLIMER" MCHJ, "MUBORAK ISSIQLIK ELEKTR MARKAZI" AJ, "UNIVERSAL-FAYZ" MCHJ, "NISHON TOLASI" MCHJ QК, "TOSHKENT MINTAQAVIY TEMIR YO'L UZELI" UK, "TOSHKENTDONMAHSULOTLARI" AJ, "ROYAL MEGA MILLS" MCHJ, "O`ZENERGOHIMMETALL" MCHJ, "ARENA INT TRADE" MCHJ, AJSh "INTER ROHAT" QK, "FERGHANA LOGATION CENTER"MCHJ, "KOKAND-LOGISTIC"MCHJ, "PETRO CHEMICAL RESOURCE"MCHJ, "NAVOIYDONMAHSULOTLARI" AJ, "UBAYDULLO AKMAL ZIYO FAYZ" MCHJ, "JAMSHIDJON UNIVERSAL SAVDO" XK, "BUSTON AGROKIMYO TRANS" MCHJ, "JOMBOY DON MAHSULOTLARI" AJ, "KOGON YIG'MA SERVIS" MCHJ, "TAHIATOSH DON MAHSULOTLARI" AJ, "QARAQALPAQ DAN MAHSULOTLARI" AJ, "KARAKALPAK SEMENT" MCHJ, "QO’NG’IROT YO'LLARDAN MUNTAZAM FOYDALANISH" UК, "TERMIZ NEFT BAZASI"MCHJ, "MASTEROK-GARANT" MCHJ.
Tekshirishlar natijasida jami 19635 ta kamchiliklar aniqlandi.
2. Temir yo‘lllarda tashishlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish bo‘yicha:
2022 - yilning 12 oyi davomida “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi markaziy apparati va hududiy filiallari tomonidan temir yo‘llarda tashishlar xavfsizligi sohasiga oid normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat profilaktika tadbirlarini amalga oshirish maqsadida, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan jadvalga muvofiq “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda vazirlik va idoralarning temir yo‘llarida poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan 2467 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazildi, ularda faoliyati temir yo‘llarda tashish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan 19347 nafar xodim ishtirok etdi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi tomonidan Toshkent-Samarqand-Qarshi-Kitob, Maroqand-Buxoro uchastkalaridagi tezyurar va yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poezdlari harakati xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yuqori tezlikdagi Toshkent-Samarqand-Qarshi-Kitob, Maroqand-Buxoro uchastkalarida 2022 - yilning 12 oyi davomida 1628 nafar xodim ishtirokidagi 494 ta seminar-yig‘ilish va profilaktika tadbirlari amalga oshirildi.
2022 - yilning 12 oyida temir yo‘l transportida harakatlanish xavfsizligi buzilishlarining umumiy soni 2021 yilning shu davriga nisbatan kamaygan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2022 - yilda 75 ta holatni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 - yilda 79 ta holatni tashkil etdi.
2022 - yilning 12 oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli temir yo‘llarda poezdlar harakat xavfsizligi buzilishi bo‘yicha 48 ta holatga yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021 - yilning shu davrida 46 ta holatni tashkil etgan.
Sanoat korxonalari shoxobcha yo‘llarida 2022 - yilning 12 oyi davomida 27 ta temir yo‘l tashishlari xavfsizligi buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich
2021 - yilning shu davrida 33 ta holatni tashkil etgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, vazirlik va idoralarga qarashli temir yo‘llarda yo‘l qo‘yilgan temir yo‘l tashishlari xavfsizligi buzilishlarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, temir yo‘llarda tashishlar xavfsizligi buzilishlarining:
55 ta holatda – harakatdagi tarkib va texnik vositalarning texnik nosozliklari;
20 ta holatda – “inson omili”ning salbiy ta’siri sababli yuzaga kelgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, vazirlik va idoralarga qarashli temir yo‘llarda harakat xavfsizligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar 1, 2, 3, 4-ilovalarda keltirilgan.
Avtomashina haydovchilari aybi bilan temir yo‘l kesishmalarida yuz berayotgan harakatdagi tarkibning avtotransport vositasi bilan to‘qnashuvlari poezdlar va avtotransport vositalari harakati xavfsizligiga haqiqiy xavf tug‘dirmoqda.
2022 - yilning 12 oyi davomida temir yo‘l kesishmalarida harakatdagi tarkibning avtomashina bilan to‘qnashuvlari bo‘yicha 44 ta holatga (2021 - yilning 12 oyida 54 ta holatga) yo‘l qo‘yilgan.
To‘qnashuvlar natijasida 2022 - yil 3 nafar kishi halok bo‘lgan, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 8 nafar kishi halok bo‘lgan.
3.O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnik jihatdan foydalanish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash, ijrosini nazorat etish bo‘yicha:
2022 - yilning 12 oyi davomida 11 ta normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Shuningdek, 2022 yilning 12 oyi davomida vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan hamda inspeksiyaga ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etilgan ja’mi 70 ta normativ-huquqiy va texnik normativ hujjatlar loyihalari o‘rganib chiqilib, inspeksiyaning taklif va e’tirozlari taqdim etilgan.
Inspeksiya boshlig‘i v.b. D. Axmedov